1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]


III. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va rag‘batlantirish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/9
tarix26.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#131240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PF-5924 24.01.2020

III. Sport infratuzilmasini rivojlantirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va rag‘batlantirish

14.

Sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish.

1. Bir kunda 23 920 nafar yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 44 ta zamonaviy sport inshootlarini foydalanishga topshirish va xalqaro talablar asosida asbob-uskuna va inventarlar bilan jihozlash.
2. Bir kunda 6 600 nafar o‘quvchilarni qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan 55 ta umumta’lim maktablarida zamonaviy sport zallari barpo etish.

Yil davomida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari

15.

Respublikada sportning jamoaviy o‘yin turlarini yanada rivojlantirish, federatsiyalar va uning hududiy bo‘limlari moddiy-texnika bazasini holatini yanada mustahkamlash va zamonaviy infratuzilmani yaratish, sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash, sport ta’lim muassasalarini sportning o‘yin turlari bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish. Bunda:
boshqaruv tizimini takomillashtirish;
rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqish va yanada takomillashtirish;
mavjud moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlash, sport turizmini rivojlantirish;
kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan malakali trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-uslubiy ta’minlash va tibbiy xizmatni rivojlantirish nazarda tu�iladi.

1-dekabrga qadar



Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

16.

Sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona ma’lumot bazasini shakllantirish maqsadida sport pasportini joriy etish va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qilish.

Sport pasportini plastik kartochka shaklida yuritishni joriy etish va muntazam ravishda yuritib boriladigan elektron tizimni joriy qilish.

1-aprelga qadar

Jismoniy va yuridik shaxslar

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi

17.

Takliflar asosida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasalarini ma’lum bir sport turiga ixtisoslashtirish.

1. Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktablarini ma’lum bir sport turiga ixtisoslashtirish.
2. Ixtisoslashtirilgan tuman (shahar), umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarini sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar) tomonidan metodik ta’minlash va sport infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish.

1-iyunga qadar

1-avgustga qadar



Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirish.

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi bakalavriat va magistratura mutaxassislariga ma’lum bir sport turi bo‘yicha ta’lim berish va ixtisosligi bo‘yicha diplom berish amaliyotini joriy etish.

2020/2021 o‘quv yiliga qadar



Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi

19.

Sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Pedagog kadrlarga malaka toifalari berish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish orqali takomillashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish.
Bunda, umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ular tayyorlagan o‘quvchilarning erishgan amaliy mashg‘ulotlari natijalari asosida malaka toifalarini berish tizimini joriy etishni nazarda tutish.
2. Quyidagilarni belgilangan tartibda amaliyotga joriy etish:
Sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravishda rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar sport o‘yinlari”ning jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblariga (1-o‘rin) oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida soha bo‘yicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilish. Ushbu musobaqa g‘olib va sovrindorlarini (1 — 3 o‘rin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravarigacha miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlashni yo‘lga qo‘yish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport ta’lim muassasalarining trenerlarini malaka attestatsiyasiga jalb etmasdan ularga navbatdagi malaka toifalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri berish;
Respublika (1-o‘rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1 — 3-o‘rinlar) g‘olib chiqqan oliy ta’lim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi kafedralar o‘qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (dotsent, professor) to‘g‘ridan to‘g‘ri berish.

1-aprelga qadar

Fevral oyidan boshlab



O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari



Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi

20.

Ilg‘or xalqaro ta’lim standartlari va talablarini inobatga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va sifatini oshirish.

1. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa shu yo‘nalishlardagi oliy ta’lim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
2. Rossiya Federatsiyasining P.F. Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish universitetining qo‘shma fakultetini tashkil etish va “sport psixologiyasi”, “sportchilarni tayyorlash” yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
3. Oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bitiruvchilariga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va ixtisoslashgan sport turi bo‘yicha trener kvalifikatsiyasini berish amaliyotini joriy etish.
4. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va fan dasturlarini takomillashtirish.
5. Sport ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli trenerlar bilan ta’minlash darajasini 54 foizga yetkazish.

2020/2021 o‘quv yilidan
boshlab

1-aprelga qadar


Yil davomida



O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

21.

Sovrindor sportchilarni tayyorlaganligi uchun trenerlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish. Bunda:
sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport ta’limi muassasasiga o‘tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga mukofot puli to‘lash;
sportchini yangi qabul qilingan sport ta’lim muassasasidagi (yangi) trenerlarga uning ishtirokida erishgan keyingi natijalari bo‘yicha ustamalar belgilashni nazarda tutish.

1-fevraldan boshlab

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligiga Ajratilgan mablag‘lar doirasida

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi

23.

O‘zbekistonda Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash.
2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1-oktabrga qadar



Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport muassasalari
va sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish. Bunda, 2021-yil yanvar oyidan boshlab davlat sport muassasalarida:
abonement va unga to‘lanadigan mablag‘lar hisobi bo‘yicha yagona ma’lumotlar axborot tizimini ishlab chiqish;
kirishni qat’iy elektron abonement (QR-kod yoki chip) asosida joriy etish;
ko‘rsatiladigan xizmat turlari va narxlarini belgilash tartibi;
ko‘rsatilgan pullik xizmatlar uchun to‘langan to‘lovning taqsimlanishi;
ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan tushgan mablag‘larning maqsadli sarflash bo‘yicha:
sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash;
abonementlar to‘lovlarini aloqasiz shaklda joriy etish;
abonementlarni elektron shaklda olish imkoniyatini yaratish;
inshootlarga kirish va o‘tish joylarida videokuzatuv moslamalari hamda turniketlar o‘rnatilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

1-noyabrga qadar

O‘z mablag‘lari, homiylar
va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida volontyorlik harakatini rivojlantirish.

1. Jismoniy tarbiya va sport sohasida yoshlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda volontyorlik harakatini rivojlantirish;
2. Ommaviy sport tadbirlarida volontyorlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
3. Volontyorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.

1-noyabrga qadar

O‘z mablag‘lari
va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi,
Yoshlar ittifoqi

26.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə