1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]


To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borish



Yüklə 125,66 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü125,66 Kb.
#167471
1   2   3   4   5
2736-III 14.09.2019

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib borish

12.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senat Kengashining qo‘shma qarori mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etish.

2019-yil
sentyabr — dekabr oylari

Oliy Majlis palatalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

13.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va uning huzuridagi to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishni tartibga solish bo‘yicha komissiyalar hamda jamoatchilik bilan birgalikda namunali to‘ylar o‘tkazilishini tashkil etish.

Xonadon egalari tomonidan rejalashtirilayotgan to‘ylar ro‘yxatini tuzish, ushbu xonadonda tadbirning namunali o‘tkazilishiga ko‘maklashish.

Ro‘yxat asosida

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

14.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish bilan bog‘liq milliy va diniy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid bo‘lgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib borish.

Joylarda keng jamoatchilik ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT

15.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ma’naviy va ma’rifiy asoslarini mustahkamlash borasida uchrashuvlar, davra suhbatlari va boshqa targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish. Bunda:
milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ko‘rinishlarining oldini olish;
nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlarga oila ma’naviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi o‘gitlaridan iborat tavsiyalar berib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

Targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

16.

Xotin-qizlar o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari hamda maslahatlashuvlar o‘tkazish, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil qilish. Bunda:
to‘y-hashamlar o‘tkazishni rejalashtirgan xotin-qizlar bilan doimiy suhbatlar o‘tkazib borish;
xotin-qizlarga to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha isrofgarchilikka berilish oila iqtisodiga va yosh oilaning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini hayotiy misollar orqali keng tushuntirish;
“Ota-onalar universiteti” mashg‘ulotlarida sarpo, buyum yig‘ishga ruju qo‘yish, oila budjetini noto‘g‘ri rejalashtirish va boshqa nosog‘lom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tushuntirish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

Jamoatchilik muhokamalari, maslahatlashuvlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Xotin-qizlar qo‘mitasi

17.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha muqaddas dinimizda ko‘zda tutilgan amallar va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda imom-xatiblar e’tiborini:
FHDY organlari tomonidan kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomasi berilgandan so‘ng shar’iy nikoh o‘qishga;
mahallalardagi diniy-ma’rifiy uchrashuvlar, an’anaviy suhbatlar va juma namozlarida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, to‘ylarga sarpo va buyum yig‘ishga ruju qo‘ymaslik, ularni o‘tkazishda belgilangan talablarga amal qilishga;
turli xil bid’at va xurofotlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi oldini olish bo‘yicha nasihatlar berib borish zarurligi to‘g‘risidagi masalalarga qaratish.

Targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

18.

Yoshlar o‘rtasida oilaning muqaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham va tartibli o‘tkazilishi to‘g‘risida turli uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, ochiq darslar tashkil qilish. Bunda:
turmush qurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliksiz o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
yoshlar o‘rtasida urf bo‘layotgan “ommaviy madaniyat” (“Love story”, qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalar)ning salbiy oqibatlarini ko‘rsatib beradigan targ‘ibot tadbirlariga alohida e’tibor qaratish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, ochiq darslar va boshqa turli tadbirlarni tashkil qilish.

Alohida
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

19.

To‘yxona egalari tomonidan to‘y xarajatlarining asossiz ikki-uch baravar miqdorda oshirilishining oldini olish.

To‘yxona egalari orasida uchrashuvlar va tushuntirish ishlarini olib borish.

Doimiy ravishda

Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi

20.

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni namunali tashkil etish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingini yuritish.

Mahalla fuqarolar yig‘inlar raislari va ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari reytingi mezonlarini ishlab chiqish.

2020-yil
1-yanvarga qadar

Ichki ishlar vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi


Yüklə 125,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə