1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]



Yüklə 108,22 Kb.
səhifə4/7
tarix13.12.2023
ölçüsü108,22 Kb.
#148998
1   2   3   4   5   6   7
PQ-4307 03.05.2019

(D. Toshmuxammedova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish.

Ilmiy-amaliy tadqiqot

2019-yil dekabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

21.

Boy ma’naviy merosimiz, me’moriy va tarixiy yodgorliklarni keng targ‘ib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va ijobiy imijini shakllantirish maqsadida O‘zbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlash.

Uslubiy qo‘llanma

2019-yil noyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Davlat turizm qo‘mitasi (A. Akkulov), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (R. Abdullayev)

22.

Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, jamiyatdagi jipslik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda xorijiy davlatlar, xususan Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlari tajribasini o‘rganish va risola tayyorlash.

Risola

2019-yil sentyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

VI. Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar

23.

Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob” ro‘yxatini tuzish, yil davomida ushbu asarlar mahalliy teleradiokanallarda el tanigan rahbarlar va ziyolilar tomonidan o‘qib borilishini tashkil etish, turli roliklar, bosma targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashabbusning keng tashviqotini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Yozuvchilar uyushmasi
(S. Sayidov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev), Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

24.

Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda faol bo‘lgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari o‘rtasida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish.

Respublika tanlovi

2019-yil avgust

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati

25.

An’anaviy tarzda bir yilda kamida ikki marta (1-iyun — xalqaro bolalar kuni, 2-sentabr — bilimlar kuni) “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida aksiyalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2019-yil iyun- sentyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari

26.

Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz xodimlari va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish.

O‘quv mashg‘ulotlari

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), hududiy Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv markazi (N. Salayev)

VII. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar

27.

Ta’lim muassasalarida talaba, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi”,Avlodlarga munosib voris bo‘laylik”, Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Ma’rifatli yoshlar — millat faxri”mavzusida harbiy faxriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

yil davomida

Respublika Ma’naviyat va ma’�ifat markazi (A. Kadirov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi
(P. Bobojonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

28.

Vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish. Bunda:
Korrupsiya kelajakka tahdid” insholar tanlovi;
O‘zbekiston yoshlar nigohida” rasmlar tanlovi,
Ona Vatanimning buyuk farzandlari”,O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “Vatanga xizmat qilish — buyuk maqsadim” mavzularida maqolalar tanlovi o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar, tanlovlar, ijtimoiy roliklar

2019-yil iyul-oktyabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (�. Kuranbayev), Badiiy akademiya
(A. Nuritdinov)


29.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish, joylardagi tarixiy obidalar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “Yurtim bo‘ylab o‘n kun sayohat” loyihasini amalga oshirish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2019-yil iyun-oktyabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (A. Kadirov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Davlat turizm qo‘mitasi

Yüklə 108,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə