1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi va normalarini takomillashtirish



Yüklə 92,93 Kb.
səhifə7/7
tarix28.05.2022
ölçüsü92,93 Kb.
#88242
1   2   3   4   5   6   7
PQ-3261 09.09.2017 (1)

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi va normalarini takomillashtirish.

1. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmining samaradorligi va oqilonaligi nuqtai nazaridan qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, shuningdek, moliyalashtirishning eng kam normalarini aniqlashning asosliligini tahlil qilish.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan, moliyalashtirishning ustuvorligini aniqlashtiruvchi mezonlarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish.
3. Komissiyaga tegishli takliflarni kiritish.

2017-yil
1-oktabrga qadar

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Shaffof markazlashtirilgan ta’minot tizimini yaratish, yetkazib beruvchilarning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazish va narx siyosatiga rioya qilish bo‘yicha faoliyatini samarali nazorat qilishni nazarda tutgan holda, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish.

1. Qonunchilikni tanqidiy o‘rganish, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada xorijiy davlatlarning ilg‘or ij�biy tajribasini tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini oziq-ovqat bilan ta’minlashning yangi tizimini sinab ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida joriy etishning eksperimental loyihasini amalga oshirish.
4. Komissiyaga eksperiment natijalari asosida ishlab chiqilgan aniq takliflarni kiritish.

2017-yil
1-oktabrga qadar
2017-yil
sentyabr — dekabr
2018-yil
15-yanvarga qadar

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Bosh prokuratura, “Ijtimoiy fikr” markazi,
vazirliklar va idoralar

15.

Bolalarning sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom jismoniy rivojlanishi uchun zarur standartlarni hisobga olgan holda bolalar mebellarini ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bolalar mebellarini tayyorlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Tasdiqlangan standartlarga muvofiq xavfsiz bolalar mebellarini milliy ishlab chiqaruvchilarni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va Komissiyaga kiritish.

2017-yil
1-oktabrga qadar
2017-yil
1-dekabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi
Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar va idoralar

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turi o‘zgarishi, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga bog‘liq holda yagona hujjatga birlashishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga
2-ILOVA
Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya
TARKIBI

1.

Aripov A.N.



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

2.

Yunusxodjayev A.N.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi

3.

Kuranbayev K.K.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi

4.

Sadikov Sh.M.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

5.

Ikramov M.M.



O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

6.

Abdullayev I.B.



O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

7.

Inoyatov U.I.



O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

8.

Shadmanov A.K.



O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

9.

Xodjayev B.A.



O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri

10.

Davletov R.K.



O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

11.

Saidova G.K.



O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

12.

Madjidov I.U.



O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

13.

Sayfullayev B.S.



O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

14.

Xaitov A.A.



O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

15.

Shermatov Sh.X.



O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi

16.

Gulyamov R.A.



O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

17.

Axmedxodjayev A.I.



O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

18.

Abdullayev A.X.



O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

19.

Muxammadiyev U.N.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

20.

Fayziyev Z.O.



“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi

21.

Inamova S.T.



“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan
xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi

22.

Ikramov A.I.



O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

23.

Mamadaliyeva X.X.



“Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori

24.

Muxamedov U.S.



O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i

25.

Djurabayev A.A.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari ATD mudiri, Komissiya kotibi.

Izoh: Komissiyaning a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
sharh
Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuni hisobga olgan holda, o‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda respublikada 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yilda Davlat budjetidan 1,6 trillion so‘m ajratilgan.
Ushbu sohada sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar to‘sqinlik qilmoqda.
O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti.
Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti.
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi.
Maktab�acha ta’lim muassasalarida bolalarning oziq-ovqat, moddiy ta’minoti va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda ham jiddiy kamchiliklar kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, Davlat rahbari tomonidan 2017-yil 9-sentabrda qabul qilingan”Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.
Qarorda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Xususan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va respublikaning viloyat markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish belgilandi.
Davlat rahbari tomonidan tashabbus qilingan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni 50 yil muddatga beg‘araz ajratishni ko‘zda tutadi.
Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga keng soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.
Mazkur eksperimentlar yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Qaror bilan ushbu sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi.
Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil etish, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshiriladi. Bunda zarur infratuzilmani yaratish va maktabgacha ta’limning xususiy sektorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shu bilan bir qatorda, sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari ham zamonaviy talablarga muvofiqlashtiriladi.
Qarorda vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish ham o‘z ichiga olgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tizimini kengaytirish maqsadida Komissiyaga mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining amalga oshirilishi mamlakatda maktabgacha ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini tubdan yaxshilash imkonini beradi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 984-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)

Yüklə 92,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə