1. Individ va shaxs tushunchasi Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi


Shaxs rivojlanishining yosh va o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 257,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü257,55 Kb.
#153612
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu

Shaxs rivojlanishining yosh va o„ziga xos xususiyatlari 
Muayyan bir yosh davriga xos bo„lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar 
yosh xususiyatlari
deb ataladi. Ana shu yosh 
xususiyatlarni hisobga olgan holda ta‟lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda 
bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri kuchli bo„ladi. 
Bolalarning tarbiya ga to„g„ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o„qitish 
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va 
uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o„sishi ham, rivojlanishi 
ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo„ladi. Abu Ali Ibn 
Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani 
tarbiyalash zarurligini uqtirib o„tganlar. 
Bolaning o„ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir 
xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo„lishi mumkin. 


Masalan, ko„rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr 
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg„ayrat yoki 
g„ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, 
yig„inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta‟siri 
bo„lib, o„qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning 
individual 
– o„ziga xos xususiyatini bilish uchun 
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o„ziga xos xususiyatini o„rganish, 
metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning 
bir-biriga munosabati” ma‟nosini anglatib, Shaxsning individual psixologik 
xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o„ziga xos rivojlanish qonuniyatlari 
ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo„linadi: 
1.
Go„daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha 
bo„lgan davr. 
2.
Mtmgacha bo„lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3.
Maktabgacha bo„lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4.
Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar (bolalar) –7 yoshdan 11,12 
yoshgacha. 
5.
O„rta maktab yoshidagi o„quvchilar (o„smirlar) 14-15 yosh. 
6.
Katta yoshdagi maktab o„quvchilari (o„spirinlar) – 16-18 yosh. 

Yüklə 257,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə