1. Individ va shaxs tushunchasi Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi


Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi



Yüklə 257,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü257,55 Kb.
#153612
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu

Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh sub‟ekti va ob‟ekti, ta‟lim sohasidagi xizmatlarining iste‟molchisi va ularni 
amalga oshiruvchi sifatida ta‟riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma‟naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo„lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 
amalga oshirilishi har bir fusharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon 
etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo„nalishi bo„yicha 
mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. 
Shaxs rivojlanishi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi 
uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo„ladi. Ana shular ta‟sirida odam 
inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o„sishida namoyon 
bo„ladigan miqdor va sifat o„zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski 
sifatlardan yangi holatlarga o„tish, yangilanish, yangining paydo bo„lishi, eskining 
yo„qolib borishi, miqdor o„zgarishining sifat o„zgarishiga o„tishini ifodalaydi. 
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o„rtasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola Shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy 
ta‟limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‟sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo„lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi 
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta‟sir etadi. 
Inson butun umri davomida o„zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo„lsa, u jamiyat a‟zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 


tizimida o„ziga munosib o„rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta‟siri ostida 
boradi. Shaxsning fazilatlarini to„g„ri ko„rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to„g„ri hal etish uchun uning 
xulqiga ta‟sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta‟sir etishi uchun o„sish va rivojlanish qonuniyatlarini 
bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya 
o„rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 

Yüklə 257,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə