1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə12/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Faoliyat asosida.
Tabiiy fanlar asosini oʻrganishda oʻquvchilar kitob bilan ishlash, kuzatishlar olib borish, tajribalar oʻtkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish - turli oʻquv-ta’lim ish faoliyati bilan toʻqnashadilar.
Oʻquvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek koʻrinadi. U oʻqitish jarayonining har bir vaqtida foydali boʻlishi mumkin va
kichik hajmda ham tabiiy fanlarni oʻqitishda, oʻquvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish koʻnikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni oʻquv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy fanlarni oʻzlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni koʻrsatad iki, oʻzbek oʻquvchilari chet ellik oʻquvchilarga nisbatan koʻp ma’lumot oʻzlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar. Koʻpchilik bunga sabab asosiy koʻnikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi.
Sabab nimada? Balki ularning biri koʻp yillar davomida an’anaviy maktabda integrativ darslarga e’tibor berilmaganidadir?
Bu yerda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning a so siy s inflar i sana b oʻt ild i. Lek in oʻ quv fa nlar ini integratsiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham boʻlishi mumkin.
Birinchidan. Aytib oʻtilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yoʻllari koʻpincha bir - birini takrorlaydi va birga qoʻllaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish, ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning oʻrnini bosa olmaydi. Bizning fikrimizcha, ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.
Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta’limning optimal tuzilishi shundayki, integrativ kurslar oʻquv rejasining oʻzgaruvchan qismiga kirib, uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Toʻrtinchidan. Toʻliq oʻquv metodik qoʻllanmalarning yoʻqligi integrativ kurslarning oʻquv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tugʻdiradi. Ularning avtorlari programma tuzib, umumiy metodik koʻrsatmalar tuzishgandan soʻng toʻxtab qoladilar.
Beshinchidan. . Integrativ kurslar uchun oʻqituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hali yetilgani yoʻq.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə