1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Onatili darslarining noan’anaviy shaklva usullari



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə20/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Onatili darslarining noan’anaviy shaklva usullari. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar savodxonligini oshirishda, ularning dunyoqarashini shakllantirishda, ona tili asosiy va yetakchi fanlardan biri hisoblanadi. U yuqori sinflarda oʻrganiladigan ona tili va adabiyot darslarining tarkibiy qismidir.
Ona tilini oʻqitish savodxonlikning asosiy kaliti ekanligini unutmasligimiz kerak. CHunki savodxonliksiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Savodxonlikning zaminida husnihat ham yotadi.
Bu ham oʻquvchining aqliy qobiliyatini oshirishda asosiy rolь oʻynaydi. Bu esa ushbu jarayonni amalga oshirishda pedagogik texnalogiyalarni oʻzlashtirish va darsda interfaol usullarni qoʻllash orqali oʻquvchilar bilimi va koʻnikma malakalarini mustahkamlashni taqozo etadi. 1-sinf «Ona tili» darsligida «Insonning yaxshi doʻsti» hikoyasi mavjud. Dars jarayonida bu hikoya orqali oʻquvchilar qushlar olami bilan tanishadi. Qushlar oʻzlari- ning jozibali raqsga tushishi, turli xil ohanglarda sayra- shi va insonlarga zavq - quvonch olib kelishi bilan oʻquvchi e’tiborini oʻziga jalb etadi. Bugungi kunda 450 turga yaqin qushlar yurtimizda yashaydi. Qushlar va jonivorlar ob-havo darakchisi sifatida ham xarakterlidir. Jumladan, havo bulutli kunlari qanotli chumolilar paydo boʻlsa, yomgʻir yogʻadi. Turnalar erta uchib kelsa, koʻklam erta boshlanadi.
Yozda pashshalar koʻpaysa, havo dim boʻladi. Qaldirgʻoch yer bagʻirlab uchsa havo buziladi, u balandlab uchsa, havo yaxshi boʻladi. Bu kabi ma’lumotlarni oʻquvchilarga turli inter- faol usullar orqali yetkazish darsning sifat va samarador- ligini yanada oshiradi va oʻquvchilar bilimini mustahkam- laydi. Oʻquvchilar bu qoʻshimcha ma’lumotlar orqali hikoya- ning mazmunini chuqur oʻzlashtiradilar, qushlarning tabiati haqidagi tushunchalari kengayadi.
Zamonaviy sharoitlarda fanlarni oʻqitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Hatto, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi oʻquv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli oʻzaro bogʻliqlikni ta’minmagan holda oʻqitilmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli oʻquv rejalarida ushbu fanlarni oʻqitishning vaqt boʻyicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uygʻunlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi oʻquv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
Zamonaviy didaktika oʻquv fanlarini integratsiyalashga bir qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume’tirof etilgan mazmuni, shakl va vositalari yaratilgan emas. Koʻpchilik pedagog olimlar ta’limdagi integratsion jarayonlarni oʻrganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish koʻradilar. Bu holat integratsiyaning dastlab fundamental tarmoqlarda amalga oshib, keyinchalik pedagogika sohasiga tarqalganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, oʻquv fanlari ilmiy fanlardan farq qiladi. Faqat bu farq ular mazmunida emas, balki bilimlarning berilish shakli, hajmi va bayon qilinish chuqurligida oʻz aksini topadi.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə