1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Oʻqituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə28/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Oʻqituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 6) rejalashtirish; 7) tashkil etish; 8) boshqarish; 9) nazorat qilish; 10) natijalarni baholash va tahlil qilish.
Oʻqituvchi ta’lim jarayonini tashkil etishni rejalashtirishda kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzishga e’tibor qaratadi.
Oʻqituvchining ta’lim jarayonini tashkil etishdagi roli oʻquvchilar oldiga oʻquv masalalarini qoʻyish, ularning samarali bajarilishi uchun zarur sharoitni yaratishdan iborat.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilar faoliyatini boshqarishda oʻqituvchi uni toʻgʻri yoʻnaltirish vazifasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilar faoliyatini nazorat qilish oʻquvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayoni boʻyicha natijalarni baholash va tahlil qilishda oʻqituvchi ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini oʻrganish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashga e’tibor qaratishi lozim.
Turli darajadagi aqliy rivojlanishga ega bolalarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan tabaqalashtirilgan ta’lim (tanlab oʻqitish) qachon paydo boʻlgan?
Turli darajadagi aqliy rivojlanishga ega bolalarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan tabaqalashtirilgan ta’lim (tanlab oʻqitish) XIX asr oxiri XX asr boshlari (AQSHda Batov tizimi, Yevropada Maingeyms tizimi shakli)da paydo boʻlgan. “Dalьton-reja” nomi bilan ommalashgan individual ta’lim 1905 yili Dalьton shahri (Massachusets shtati)da oʻqituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qoʻllanilgan.
Mazkur ta’lim shakli laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataladi. “Dalьton-reja” nomli ta’lim shaklining mohiyati quyidagilardan iborat:
- ta’lim samaradorligi har bir oʻquvchining imkoniyati, qobiliyatiga bogʻliq; - oʻqishni an’anaviy tashkil etish oʻquvchining mustaqil oʻquv faoliyatining asosi hisoblanadi; - oʻqituvchi faoliyatining odob bilan tashkil etilishi, sinf laboratoriyasining ustaxonalar bilan almashtirilishi; - darslarning bekor qilinishi; - yangi materialning tushuntirilmasligi, oʻquvchilarning laboratoriya (ustaxona)larda topshiriq asosida mustaqil shugʻullanishlari va zarurboʻlgan paytda oʻqituvchidan yordam soʻrashlari.
Ta’limning loyihali shakli XX asr 20-yillarida paydo boʻlib, uning oʻziga xos jihati – oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda loyiha ishlari mavzusining tanlab olinishi sanaladi. “Tramk rejasi” nomli ta’lim shaklining mohiyati nimadan iborat? Tramk rejasi XX asrning 60-yillarida amerikalik pedagog Lyuyd Tramk tomonidan asoslangan boʻlib, unga koʻra mashgʻulotlarni katta (100-150 nafar kishilik) auditoriyada 10-15 kishidan iborat guruhlarda yoki oʻquvchilarning har biri bilan individual ishlarni olib borish asosida tashkil etish gʻoyasi targʻib qilinadi.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə