1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Natijalarni baholash va tahlil etish



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə30/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Natijalarni baholash va tahlil etish oʻquv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchi tomonidan oʻzini nazorat qilish, oʻzini baholash va oʻzini tahlil qilishni amalga oshirish oʻqituvchining oʻrgatuvchi harakatlari asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish oʻquvchilarni oʻz tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, oʻzaro nazoratni tashkil etish, oʻrnatilgan mezonlar asosida oʻz faoliyati natijalarini oʻzaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Oʻqituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uni samarali tashkil etilishi bilan bogʻliq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha oʻylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va oʻquvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli boʻla olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqishdir.
Oʻqituvchining ma’lum bir fan asosida darsga tayyorgarlik koʻrishida quyidagi uchta bosqich muhim ahamiyatga ega: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). - tashxislashda oʻqituvchi didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtiradi, uning natijalarini belgilaydi. Oʻqituvchining tashxislashida oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon boʻladi. - bashoratlash oʻqituvchi tomonidan boʻlajak darsni samarali tashkil etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab olish va qoʻllashdir. - loyihalashtirish (rejalashtirish) oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish boʻlib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, oʻqituvchi oʻzi uchun boshqarish jarayoni (kimdan va qachon soʻrash, qaerda mavzuni kiritish, mashgʻulot keyingi bosqichiga qanday oʻtish)ni belgilab olishga imkoniyat beruvchifaoliyatdir.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə