1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirishning quyidagi



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə27/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirishning quyidagi shakllari mavjud: 1) muddatli (perspektiv) rejalashtirish; 2) yillik rejalashtirish; 3) yakuniy rejalashtirish.
Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq soʻnggi yillarda ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga moʻljallab qabul qilinadi.
Muddatli rejada quyidagi masalalar aks etadi: 1. Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qoʻyilgan vazifalar. 2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, oʻquvchilarning yillik oʻzlashtirish darajasi muddatlari. 3. Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari. 4. Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qoʻyilgan talablar. 5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish. 6. Ta’lim muassasasini tashkiliy-texnik va oʻquv-metodik (qurilish ishlari axborotlashtirish, koʻrgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) koʻlamini rivojlantirish. 7. Oʻqituvchi va oʻquvchilarni ijtimoiy himoya qilish.
Yillik rejalashtirish butun oʻquv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish oʻquv yili davomida ta’lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni oʻz ichiga olgan holda amalga oshiriladi.
Yakuniy rejalashtirish bir yillik rejaning aniqlangan koʻrinishi boʻlib, u oʻquv choraklari uchun tuziladi. Rejalashtirishning bunday aniqlangan koʻrinishi oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ota- onalar qoʻmitasi faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bunday rejalashtirish oʻqituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi.
Darsni loyihalash (rejalashtirish) oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish boʻlib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Oʻquv ekskursiyalari alohida yoki bir qancha fanlar boʻyicha rejalashtirilib, ommaviy, guruhli va kichik guruhli tarzda tashkil etiladi.
Oʻqituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish muayyan mavzu boʻyicha yoki nazorat ishlarini oʻtkazish maqsadida tashkil etilayotgan oʻquv mashgʻulotlarining ilmiy- pedagogik va amaliy-metodik jihatdan toʻgʻri tashkillashtirilishi, olib borilishi, natijalarning tahlil etilishini anglatadi.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə