1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Oʻquv rejasida quyidagilar aks etadi



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə26/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Oʻquv rejasida quyidagilar aks etadi: - oʻquv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi; - ta’lim muassasasida oʻrganiladigan oʻquv fanlarining tartibi; - fanlarning oʻqish yillari boʻyicha taqsimlanishi; - har bir fan boʻyicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni oʻrganishga ajratilgan soatlar hajmi; - har bir fanni oʻrganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi; - praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar kabilarning davomiyligi.
Oʻquv rejalarining quyidagi turlari mavjud: 6) tayanch oʻquv rejalari; 7) namunaviy oʻquv rejalari; 8) ishchi oʻquv rejalari.
Tayanch oʻquv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblanuvchi asosiy me’yoriy hujjat boʻlib, u namunaviy va amaliy oʻquv rejalarini ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Tayanch oʻquv rejasiRespublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy oʻquv rejalari tayanch oʻquv rejasi asosida uzoq muddatga moʻljallab tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi oʻquv rejalari namunaviy oʻquv rejalari asosida oʻquv muassasalarining mavjud sharoitlarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Oʻquv dasturi muayyan oʻquv fani boʻyicha bilim, koʻnikma, malakalar mazmuni, umumiy vaqtning muhim bilimlarni oʻrganilishi boʻyicha taqsimlanishi, mavzular ketma-ketligining belgilanishi va ularning oʻrganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Oʻquv dasturlarini yaratishda: - ilmiylik; - gʻoyaviylik; - amaliyot va nazariya birligi; - ta’lim va tarbiyaning oʻzaro aloqadorligi; - tizimlilik; - tarixiylik; - oʻquv predmetlarining oʻzaro bogʻliqligi; - oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish; - oʻquvchilar tarbiyasining ijtimoiy maqsadlarga mos kelishi kabi tamoyillar ustuvor oʻrin tutadi.
Oʻquv dasturlarining quyidagi turlari mavjud: 9) namunaviy oʻquv dasturlari; 10) muqobil oʻquv dasturlari; 11) ishchi oʻquv dasturlari; 12) mualliflik oʻquv dasturlari; 13) individual oʻquv dasturlari.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə