1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Reja – harakat uchun dastur. Rejaning tarkibiy qismlari



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə23/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Reja – harakat uchun dastur.
Rejaning tarkibiy qismlari:
1. Ish maqsadini aniqlash.
2. Ish uchun nimalar kerak?
3. Ish tartibi, ish jarayoni, vaqti, joyi.
Nihoyat, ishning oʻzini: uning nimadan boshlanishi, qanday borishi, nimadan keyin nima kelishini aniq tasavvur qilish kerak.
Ishni bajarish uchun eng avvalo tegishli ish oʻrni kerak. Maktabdagi koʻpchilik darslar uchun parta yoki stol singari ish oʻrni toʻliq kifoya qiladi.
Endi ish oʻrniga quyidagi talablar qoʻyiladi:
1. Ish oʻrnida hech qanday ortiqcha narsa boʻlmadligi kerak. Aks holda kerakli narsani topish uchun koʻp vaqt sarflanadi.
2. Ish oʻrnida tozalikni ta’minlash kerak. Ish oʻrni qanchalik toza boʻlsa, ishlash shunchalik oson, zavqli boʻladi.
3. Ish oʻrnida bajariladigan ishga muvofiq tartib ta’minlanishi lozim. Bizga kerak boʻladigan hamma narsani bir tomonda (yaxshisi chapda), bajarilgan va foydalanilgan narsalarni oʻng tomonda saqlash kerak. Koʻp ishlatiladigan narsalar yaqinroq turishi kerak.
Stolda tartib saqlanishi uchun ruchka, qalam, knopka, qisqich, oʻchirgʻich va maxsus qalamdondan foydalanish oʻrinli. SHuni unutmaslik kerakki, sinf xonasidagi tartib, ozodalik har bir ish oʻrnidagi tartib va ozodalikka bogʻliq.
Bu xildagi ish jarayoni oʻquvchilarni tartiblilikka, ozodalikka, oʻz-oʻzini nazorat qilishga, qiziqib mehnat qilishga oʻrgatadi.
Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka moʻljallangan, ya’ni istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik).
Xoʻsh rejaning asosiy manbai nimalardan iborat boʻlishi kerak?
Bosh manba – hukumatimizning farmon va qarorlari, prezidentimiz I.Karimovning qator risolalari hamda xalq ta’limi tiziminyng rasmiy yoʻl-yoʻriqlari, hujjatlari hisoblanadi.
Rejaning yana bir muhim manbai – oʻtgan oʻquv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va kamchiliklari tahlilidir.
Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
1. Rejaga Istiqlol gʻoyalarini singdirish.
2. Rejaning shakl va yoʻnalishlari rang-barang hamda istiqbolli boʻlishi.
3. Reja uzluksiz va izchil boʻlishi.
4. Rejaning aniqligi.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə