1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Boshlangʻich sinf darslarida pedagogika bilan bogʻliq fanlarni integrallashtirish



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə19/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Boshlangʻich sinf darslarida pedagogika bilan bogʻliq fanlarni integrallashtirish.
Fanlar bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqdir.Bu jarayonni pedagogika fani bilan boshqa fanlarni integrallash orqali kuzatamiz.
Odobnoma darslarida axloqli tarbiyaga oid matnlar, she’r va hikoyalar beriladi. 4 sinf «Umr oʻtib borar misoli» ertak… Umr oʻtib borar misoli ertak, Ertakning ketidan kelib qolar shom, Faqat gʻaflat ichra yotmagin yurak, Qaytib kelmas sirabu yoshlik ayyom.
Yoki 3 – sinf odobnoma darsligida «Qarilik va donolik» mavzusi beriladiki, uning tarbiyaviy ahamiyati oʻquvchiga oson va tushunarli qilib yetkaziladi.
Axloqiy tarbiyanitabiatshunoslik darsida ham olib boriladi. 4-sinf darsligida «Togʻ oʻrmonlari va oʻtloqlari» mavzusida: Togʻlarda dam olish vaqtida va turistik poxodlarda tabiatni juda avaylab, ehtiyot qilish zarur, daraxtlarga zarar yetkazmay shox-novdalarni sindirish, qushlarni va hayvonlarni bezovta qilish mutloqo yaramaydi. Oʻrmonda gulxan yoqish mumkin emas. Chunki gulxanlardan koʻpincha oʻrmonda yongʻin chiqib, noyob oʻsimliklargina emas, balki xayvonlar ham nobud boʻladi… Oʻqish darsligining koʻp mavzulari axloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4 sinf oʻqish darsligada «Buzilmagan uya» mavzusi bor. Bu asarda ba’zi oʻquvchilarni betarbiyaligi oqibatida noxush voqealar sodir boʻladi. Mehnat darsida ham oʻquvchilarga ovqatlanishi odobi, mehmon qilish odobi,kabi axloqiy tarbiya me’yorlari oʻrgatib boriladi. Yuqoridagi misollarni koʻrib shuni aytish mumkinki, demak fanlararo integratsiya mavjud, ya’ni fanlararo uzviylik, bogʻliqlik mavjud.
Integrativlik insonning olam bilan oʻzaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga kiritilgan: oʻquvchi idrokida abstrakt boʻlgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, yer planetasi, katta boʻshliqlar va yer qa’rini). Yaqin olam (mikro olam, uy xayvonlari va oʻsimliklar dunyosi va ona vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati).
Kurs oddiydan murakkabga, bilishdan ilmga, tartibsizlikdan uygʻunlikka va ijodga boʻlgan xaraktni rivojlantiradi.
Oʻquvchi dunyoning yaralishi bilan tanishadi, olamning boshlanishiga insonning yerda paydo boʻlishiga murojaat qiladi.Oʻquvchilar sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar sirlarini ochish fikriga qiziqib boradi. Oʻquvchi makon va zamon boʻylab sayohatga otlanadi. SHunday qilib oʻquvchi har kuni ochishi kerak boʻlgan olamning goʻzalligini his qiladi.
Kurs shaxsga moslangan yoʻnalishga ega faqatgina sifat yoki guruhga emas har bir oʻquvchiga ahamiyat beriladigan qilibshuni tashkil etishni nazarda tutadi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobilyatlari alohida koʻrsatiladi, uning qiziqishlarixisobga olinadi. SHuningdek oʻquvchining emotsional tomonlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi.
Mashgʻulotlar oʻquvchilarda koʻrish va eshitish qobiliyatlarini, ushlab koʻrib ajrata bilish, sezish tuygʻularini rivojlantirishga yordam beradi. His tuygʻularini rivojlantirishga doir oʻyinlarni ham tashkil qilish mumkin yoki san’at asarlariga tabiyat bilan zavqlanishga murojat qilish orqali erishish mumkin. Oʻquvchining his tuygʻulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bogʻliq, oʻquvchi faoliyatiga harakatqilishga oʻz xolatini badan harakatlari imo-ishoralar raqs orqali kursatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim.
Kursni tashkil qilish va ish shakllari kurs xaftasiga 2 soatga moʻljallangan. Hafta oxirida 2 soatli dars oʻqish maqsadga muvofiq sababi, oʻquvchilar asosiy darsdan ancha dam olishadi.
Bunday 2 soatlik darsni «ijodiy soat» yoki «hayol darsi» deb nomlash mumkin. Koʻpincha vaqtni sinfdanva maktabdan tashqarida oʻtkazish koʻzda tutiladi. Integratsiyalashgan kurslar orqali shu tariqa oʻquvchilarning rivojlanish darajasi qiziqtirishlari integratsiyalar aniqlanadi.

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə