1. Iqtisodiyot / Sanoat]



Yüklə 186,49 Kb.
səhifə1/4
tarix05.04.2023
ölçüsü186,49 Kb.
#104281
  1   2   3   4
106 12.02.2018




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Sanoat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son hamda “2018-yilning yanvar-avgustida 2017-yil paxta hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3483-son qarorlari ijrosini ta’minlash, paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning quyidagi tartibi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
paxta tolasi uni qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan mahalliy to‘qimachilik korxonalariga — birja savdolari orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat belgisi” DIChB, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston ko‘rlar jamiyati korxonalariga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muassasalariga — texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari doirasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar bo‘yicha sotiladi;
“O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika tashkilotlariga yetkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi;
xorijiy xaridorlar hamda respublika tashkilotlari tomonidan paxta tolasini sifati va og‘irligi bo‘yicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin;
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
ushbu qaror kuchga kirgungacha “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) ular tuzilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga va kontraktlar (shartnomalar) majburiyatlariga muvofiq bajarilishi shart;
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kirgungacha paxta tolasi uni qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan mahalliy to‘qimachilik korxonalariga “O‘zpaxtasanoat” AJ bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha yetkazib beriladi.
5. Paxta tolasini birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahalliy to‘qimachilik korxonalari tomonidan yuz foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Tijorat banklariga birja savdolarida paxta tolasi sotib olishni moliyalashtirish uchun to‘qimachilik korxonalariga revolver asosida qayta tiklanadigan kredit liniyalari ochish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mahalliy to‘qimachilik korxonalariga paxta tolasi birja savdolarida quyidagilar asosida milliy valyutada sotiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
2017-yilgi hosil uchun — narxining 15 foizini oldindan to‘lash va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
2018 — 2020-yillardagi hosil uchun — narxining 35 foizini oldindan to‘lash va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ–4453-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 351-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/351/3009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi paxta tolasini sotishda va hisob-kitoblarda ushbu qarorda belgilangan talablarga hamda amaldagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
7. “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ paxta tozalash sanoati korxonalarida, paxta terminallarida, shuningdek, paxta tolasini temir yo‘l orqali tashishda yong‘in xavfsizligi holati yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.S. Otajonov va Z.T. Mirzayev, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlarini yetarli hajmdagi sifatli xomashyo bilan ta’minlash maqsadida paxta xomashyosini yetishtirish, shu jumladan, uni yig‘ib-terib olish va tozalash jarayonida paxta tozalash korxonalari va yog‘-moy korxonalarining manfaatdorligini yanada oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rsinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
106-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
1-ILOVA
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom paxta tolasini sotish hamda hisob-kitob qilish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
“O‘zpaxtasanoat” AJ va paxta tozalash korxonalari o‘rtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Yüklə 186,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə