1. Iqtisodiyot / Sanoat]



Yüklə 186,49 Kb.
səhifə2/4
tarix05.04.2023
ölçüsü186,49 Kb.
#104281
1   2   3   4
106 12.02.2018

yetkazib beruvchilar — “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari;
EXW — “Franko zavod” — ex works — mahsulot shartnomada ko‘rsatilgan yetkazib beruvchining omboridan “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan olib ketiladi;
CFR — Uzoq Sharq — cost and freight — mahsulot shartnomada ko‘rsatilgan xaridorning portigacha yetkazib beriladi, bunda asosiy tashishdagi sug‘urta, tushirish va qayta ortish xizmatlari haqi xaridor tomonidan to‘lanadi;
“A” indeksi — xalqaro paxta birjasining o‘rtacha qiymatida aniqlanadigan, bir funt og‘irligiga tsent qiymatida belgilanadigan paxta tolasining narxi;
“Cotton Outlook” byulleteni — Xalqaro paxta uyushmasining nashri, bunda xalqaro treyderlar (sotuvchilar), yakuniy xaridorlar va paxta tolasi ishlab chiqaruvchilardan o‘tkaziladigan so‘rovnomaga asosan eksport qiluvchi turli mamlakatlar paxta tolasining kunlik narxi belgilanadi;
O‘zbekiston komponenti — O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan paxta tolasining kotirovkasi nomi;
ts/f — 1 funt (453,59 grammga teng bo‘lgan og‘irlik o‘lchovi) og‘irlikdagi paxta tolasining tsent qiymatidagi narxi belgisi;
3. Etkazib beruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi ular o‘rtasida tuzilgan vositachilik shartnomasiga muvofiq uni paxta terminallariga (keyingi o‘rinlarda terminallar deb ataladi) yetkazgan holda “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Paxta tolasini yetkazib berish va ishlab chiqarish to‘g‘risida tasdiqlangan topshiriqqa muvofiq “Davlat belgisi” DIChB, “O‘zpaxtasanoat” AJ va O‘zbekiston ko‘rlar jamiyati korxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muassasalariga paxta tolasi, sotish bilan bog‘liq xarajatlarni va vositachilik haqini hisobga olgan holda, ulgurji preyskurant narxi bo‘yicha milliy valyutada “O‘zpaxtasanoat” AJ bilan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri kontraktlar (shartnomalar) bo‘yicha sotiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
5. “O‘zpaxtasanoat” AJ uchun paxta tolasini sotish bo‘yicha umumiy belgilangan soliqlarni to‘lovchi komissioner to‘lovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi qo‘llaniladi.
6. Etkazib beruvchilar va “O‘zpaxtasanoat” AJ o‘rtasidagi paxta tolasini sotish bo‘yicha o‘zaro munosabatlar ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari va ikki tomonlama vositachilik shartnomalari bilan tartibga solinadi.
2-bob. Paxta tolasiga narx belgilash tartibi
7. Vositachilik shartnomasi shartlariga muvofiq “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan yetkazib beruvchilarga haq to‘lash jahon bozoridagi konyunkturadan qat’i nazar EXW — “Franko zavod” shartlarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan preyskurant ulgurji narx bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
“O‘zpaxtasanoat” AJning vositachilik haqi sotiladigan paxta tolasi qiymatidan 1 foizni (QQS hisobga olinmasdan) tashkil qiladi.
8. “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan eksportga sotiladigan paxta tolasiga narxlar “Cotton Outlook” byulletenida e’lon qilinadigan “A” indeksi va uning O‘zbekiston komponenti kotirovkalarining o‘rtacha miqdoridan, O‘zbekiston komponenti e’lon qilinmaganda esa — “A” indeks + 3,0 ts/f kotirovkasidan kelib chiqib, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida “Birinchi” navli, “O‘rta” klassli, 4 tipli, 36 kodli (bazis narx) paxta tolasining 1 tonnasi uchun belgilanadi. Mazkur narxlardan kelib chiqib ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq boshqa navlar, klasslar, kodlarning narxlari aniqlanadi. Narxlarni belgilash tartibi, to‘lash va yetkazib berish shartlari paxta tolasining eksport kontraktlari (shartnomalari)da belgilanadi.
9. Paxta tolasini sotish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJning xarajatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
sug‘urtalash (tashishda va saqlashda) bo‘yicha xarajatlar, yetkazib beruvchi omboridan tashish, tushirish, terminalda paxta tolasini saqlash, uni xaridorga yuklab jo‘natish, CFR — Uzoq sharq portlari shartlarida yetkazish (jumladan fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududida harbiy qo‘riqlash va transport-ekspeditorlik xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar), fumigatsiya xizmatlari, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida yetkazib berishda — portlar tomonidan belgilangan, portlarda normativ muddatlarda saqlash xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar bo‘yicha paxta tolasini sertifikatlash va o‘lchash bo‘yicha xarajatlar;
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
bank xarajatlari (kafolatlar, mablag‘larni o‘tkazganlik uchun bank komissiyalari, jo‘natish hujjatlarini tekshirish va boshqa xarajatlar, shu jumladan, bank kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) va uning moliyaviy agentining, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun olinadigan qarz mablag‘lari xarajatlari;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)
“O‘zpaxtasanoat” AJning vositachilik haqi.
Paxta tolasini sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirish har bir nav, klass, tur va kod aniqlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJ xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Bunda haqiqatda yetkazilgan zararga bog‘liq holda tasdiqlangan cheklangan miqdorlar doirasida xarajatlarning alohida moddalarini oshirib, boshqa xarajat moddalarini qisqartirishga yo‘l qo‘yiladi.
11. “Cotton Outlook” byulletenida e’lon qilinadigan paxta tolasiga jahon narxlari (“A” indeksi va uning O‘zbekiston komponenti kotirovkalarining o‘rtacha miqdori CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida) amalda bo‘lgan davrda tasdiqlangan preyskurant ulgurji narxlar past bo‘lganda paxta tolasini yetkazish va ishlab chiqarish to‘g‘risida tasdiqlangan topshiriqda nazarda tutilgan parametrlardan oshmaydigan hajmlarda amalga oshiriladi.
12. Paxta tolasi uchun jahon narxlarining amalda bo‘lish davrlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan past darajada bo‘lganda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda, respublika tashkilotlari uchun paxta tolasini sotishda paxta tozalash zavodlari amalda yuklab jo‘natish kunida birjada haqiqatda yuzaga kelgan narxlardan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini quyidagi formula bo‘yicha hisoblaydi: 15/115 ga ko‘paytirilgan haqiqiy sotish narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i = haqiqiy sotish narxi x 15/115);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son)
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan yuqori bo‘lgan davrda respublika tashkilotlariga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olingan holda preyskurant ulgurji narxdan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. 2019-yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qat’i nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblaydi: 15/115 ga ko‘paytirilgan haqiqiy sotish narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i = haqiqiy sotish narxi × 15/115).
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son)
3-bob. Paxta tolasini yuklab jo‘natish va hisob-kitob qilish tartibi
13. Paxta tolasi terminallarga EXW — “Franko zavod” shartlarda yetkaziladi.
Terminallar “O‘zpaxtasanoat” AJning jo‘natish yo‘riqnomalaridan qat’i nazar, paxta tolasini tashish, mas’ul saqlashga to‘siqsiz qabul qilish, mahsulot qabul qilingandan u eksportga yoki respublika tashkilotlariga qadar yetkazilgungacha majburiy sug‘urtalashni amalga oshiradilar.
Paxta tolasini terminalgacha tashish va sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar paxta tolasini sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Paxta tolasi sifati va massasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) muvofiqlik sertifikatida (inspeksiya dalolatnomasida) ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lmaganda, mazkur masala bo‘yicha kelishmovchiliklar uning vakilini jalb qilgan holda hal qilinadi. Tolaning sifati va massasi bo‘yicha kelishmovchiliklar tasdiqlanganda, bu bilan bog‘liq barcha qo‘shimcha xarajatlar Markaz hisobiga kiritiladi, yetkazib beruvchi, “O‘zpaxtasanoat” AJ paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar dalolatnomalar ko‘rib chiqilganidan keyin 5 kun muddatda mazkur partiyaning haqiqatdagi sifati va massasi asosida amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
15. Muayyan yil hosili bo‘yicha o‘zaro solishtirma dalolatnomalari tegishli yil paxta tolasini yuklab jo‘natish tugagandan so‘ng 30 kun mobaynida tuziladi.
Hosil bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar tuzilgan shartnomalarga muvofiq muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Muayyan yil hosili bo‘yicha paxta tolasini sotish yakunlari bo‘yicha jahon va ichki narxlar o‘rtasidagi salbiy farq hosil bo‘lgan taqdirda “O‘zpaxtasanoat” AJ keyingi yil 31-oktabrga qadar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun salbiy farq summasining yakuniy hisob-kitobini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Qoplanadigan salbiy farq summasini hisoblashda mazkur Nizomning 9-bandini hisobga olib cheklangan xarajatlardan oshgan qism va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan xarajatlar hisobdan chiqariladi.
16. “O‘zpaxtasanoat” AJ yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasini sotish kontraktlari bo‘yicha tushgan mablag‘lar, qarz mablag‘lari, shuningdek, salbiy farqni qoplashga ajratilgan mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
17. “O‘zpaxtasanoat” AJ paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha tasdiqlangan topshiriq parametrlariga muvofiq paxta tolasini sotishni amalga oshiradi.
Paxta tolasining jahon narxlari:
tasdiqlangan preyskurant ulgurji narxlaridan past bo‘lgan davrda — sotish bo‘yicha xarajatlar va vositachilik haqlarini hisobga olgan holda “O‘zpaxtasanoat” AJda hosil bo‘lgan salbiy tafovut summasi — tugallangan kontraktlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida belgilangan tartibda Jamg‘arma tomonidan qoplanadi;
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlaridan yuqori bo‘lgan davrda — har chorakda hisoblab chiqiladigan sotish bo‘yicha xarajatlar va vositachilik haqlarini hisobga olgan holda, shuningdek, tegishli yil hosili bo‘yicha paxta tolasini sotish yakunlariga ko‘ra “O‘zpaxtasanoat” AJda hosil bo‘lgan ijobiy tafovut summasi — Jamg‘armaning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
“O‘zpaxtasanoat” AJ va paxta tozalash korxonalari o‘rtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish
SXEMASI

Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Paxta tolasining navlari, klasslari, tiplari, narxlari va kodlarini aniqlashda qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar


Yüklə 186,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə