1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Induktiv xulosa chiqarishning o’ziga xos jihatlarini misollar orqali tushuntiring



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə24/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Falsafadan 1- topshiriq

Induktiv xulosa chiqarishning o’ziga xos jihatlarini misollar orqali tushuntiring

Deduktiv xulosa chiqarishning o’ziga xos jihatlarini misollar orqali tushuntiring

Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning o’ziga xos jihatlarini misollar orqali tushuntiring

bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalami o’rganish asosida umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz.

Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar eiektr tokini o’tkazadi. Temir metaldir. Demak. temir ham elektr tokini o’tkazadi.

Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlaming boshqa

belgiJarining o’xshashligi to’g'risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalaming bir-biriga o’xshash bo’igan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.



Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.

Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:



I. Aylantirish shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o’zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo’sh inkor sodir bo’ladi, ya’ni avval asosning predakati, keyin bog’lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:

Analogiya bavosita xulosa chiqarish turi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish nisbatan torroq bilimlardan nisbatan torroq bilimlar keltirib chiqarishdir. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun bir predmetni, bir hodisani o‘rganish natijasida hosil bo‘lgan bilimga asoslanib, boshqa bir predmet xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi.
Analogiyaning asosi ham, xulosasi ham deyarli yakka hukm orqali ifodalanadi. Xulosalari ehtimoliy shaklda, boshqa xilida esa qat'iy shaklda bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun ikkita predmet yoki ikkita hodisa biror xususiyati jihatidan taqqoslanadi, o‘xshatiladi. Analogiyaning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lgani uchun xulosaning aniqlik darajasi o‘rganilayotgan, taqqoslanilayotgan xususiyatlarga bog‘liq. Analogiyaning xulosasi chin bo‘lishi uchun, to‘g‘ri bo‘lishi uchun o‘xshatilayotgan predmetning xususiyatlari ular uchun muhim xususiyat bo‘lishi kerak.
Solishtirilayotgan predmetlarning imkoniyati boricha ko‘proq xususiyatlari o‘rganilishi kerak.
O‘xshatilayotgan predmetlarning xususiyati nisbatan kamroq predmetlargi xos bo‘lishi kerak.
Analogiyaning ikkita turi borxususiyatlar analogiyasi;
munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikkita predmet yo ikkita hodisa o‘rganilib, ularning bitti xususiyati haqida xulosa chiqariladi. Uning xulosasi deyarli hamma vaqt ehtimoliy bo‘ladi. Xususiyatlar analogiyasida ehtimoliy hukmlar olish yo‘llaridan biridir.
predmet a,v,s, d xususiyatlarga ega.
V predmet a,v,s xususiyatlarga ega.
Demak, V predmet d xususiyatga ega bo‘lsa kerak.
Munosabatlar analogiyasida ikkita predmet yo hodisaning o‘xshash xususiyatlari emas, ikkita predmet yo hodisa o‘rtasidagi munosabat asos qilib olinadi.
Bunda ikkita predmet bir-biriga o‘xshamasligi mumkin. Ikkita predmet o‘rtasidagi munosabat boshqa ikkita predmet o‘rtasidagi munosabatga o‘xshashligi asosda xulosa chiqariladi.

Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə