1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə20/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Falsafadan 1- topshiriq

20

Sabab va oqibat



narsa va hodisalar oʻrtasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida oʻzidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigani sabab, paydo boʻlgan hodisa esa oqibat deyiladi.
S. va o. oʻrtasidagi aloqadorlik sababiyat sanaladi. Sabab, birinchidan, vaqt jihatdan oqibatdan oldin keladi, ikkinchidan, oqibatni tugʻdiruvchi, yaʼni oqibatning vujudga kelishida zaruriy shart boʻlib xizmat qiladi. Masalan, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, yaʼni ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli koʻrinish, shakl va holatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar oʻzaro sababiy bogʻlanishda deb biluvchilar deterministlar (qarang Determinizm), buni inkor etuvchilar indeterministlar (qarang Indeterminizm) deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy boʻlmagan, tashki va ichki, obyektiv va subyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga taʼsir koʻrsatishi mumkin. S. va o. aloqadorligi boʻyicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolar maxsus asarlar yozishgan. Diniy taʼlimotlarda esa, birlamchi sabab yoki hamma narsaning sababchisi xudo deb taʼkidlanadi.

21

Butun va bo’lak



Butun va bo’lak kategoriyalari hodisalarni, voqelikning murakkab darajalarini o’rganishda katta metodologik rol o’ynaydi.
Struktura va element, butun va bo’lak kategoriyalari turli sohalarda keng tarqalgan sistemali-strukturali tadqiqotlarda keng foydalaniladi.
3.Uchinchi turkumga voqelikdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi sababiyat (determinizm)ni aks ettiruvchi kategoriyalar kiradi, ya’ni sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik o’rtasidagi dialektik munosabatlarni yanada chuqurroq bilish zarurligi ob’ektiv olamdagi sababiy bog’lanishlar tabiatini o’rganishni taqozo qiladi.
Sababiyat — ob’ektiv olamdagi hodisalar umumiy bog’lanishining alohida ko’rinishidir. Sababiyat hodisalar o’rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, unda har doim bir hodisa mavjud bo’lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi ham keladi.

Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə