1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə2/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafadan 1- topshiriq

2-vazifa. Jadvalni to‘ldiring:
Sharq va G‘arb falsafasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.


Tafakkur taraqqiyoti bosqichlari

Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro bog‘liqligi.

Sharq va G‘arb falsafasining o‘zaro farqli jihatlari.

Sharq va G‘arb falsafiy ta’limotlarining tafakkur taraqqiyotidagi ahamiyati.



Qadimgi davr

Qadimgi davr xronologik jihatdan mil.avv. VI asrdan milodiy IV asrgacha davom etgan. Uning rivojlanish jarayonidagi o‘zgarish asosida u 2 bosqichga bo‘lingan. 1–bosqich mil.avv. VI–IV asrlar, 2–bosqich mil.avv. IV asrdan milodiy IV asrgacha davom etgan.
Qadimgi davr ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bunda, birinchi navbatda ishlab chiqarish usuli va mulkchilik shakllari tubdan o‘zgaradi. Bu temir davri jamiyatning rivojlanishi asosida vujudga kelgan bo‘lib, jamiyatda shaxarlar, davlatlar va jahon imperiyalari tarkib topadi. Aholi o‘rtasida tabaqalanish kuchayadi. Zodagonlar, qohinlar, jangchilar, hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar, qullar – bu jamiyatning asosini tashkil etgan. Lekin qulchilik xamma mamlakat va halqlarda xam bir xil taraqqiy etmagan. Ular Gretsiya va Rimda o‘zining eng rivojlangan–klassik shakliga ega bo‘lgan. Bu mamlakatlarda ishlab chiqarish usulining asosini qullar mehnati tashkil etgan. Qullar xuddi jonli buyum tariqasida foydalanilgan. Ularning hech qanaqa huquqi bo‘lmagan. Ular eng og‘ir va iflos ishlarda betinim ishlashga majbur etilgan.



Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‘ziga xos tarzda kechgan. Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, O‘indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini ko‘ramiz. Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.

Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.




Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə