1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


-vazifa: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə6/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafadan 1- topshiriq

3-vazifa: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi.
Mavzuni nazariy qismidan olingan bilimlar asosida jadvalni to‘ldiring.



1

Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqt tushunchalarining mazmuni



Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o’rin oladi, Shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko’lamli strukturalar o’z holicha, xatolik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o’z aksini to’adi.
Ijtimoiy vaqt ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib u, biologik va ‘lanetar-kosmik vaqtdan farqli o’laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o’zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydobo’lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli ko’rilmagan darajada jadallashtirdi. Yer kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo’lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o’tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o’lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.


Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə