1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə9/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Falsafadan 1- topshiriq

5

Fazo va vaqt tushunchalari

borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va miqyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi hodisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarni ilgari surgan.
Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning mutlaq jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi.
Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo ar-Roziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va boshqalar)ning fikricha, fazo-materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan mustaqil substansiyadir; u moddiy obʼyektlarning joylashish makoni, fazo mutlaqdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy taʼsir koʻrsatadi; vaqt munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda oʻtadi. Fazo va vaqtni mustaqil substansiya deb hisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial konsepsiya nomi bilan kirgan.

6

Materiyaning tuzilish darajalarini asoslang

Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.
Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman M." ham boʻlmaydi, balki M.ning aniq, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun M. tushunchasini qoʻllashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga M. sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushunilgan. M.ni R. Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan moddiy substansiya deb taʼriflagan va u 17— 18-asr materializmning asosi boʻlgan. M. dialektik materiayaizmyaint asosiy tushunchasidir. Materialist faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama boʻrttirib, borliq tushunchasi bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, koʻp substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.


Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə