1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Noosfera tushunchasi va uning falsafa va fan uchun ahamiyati



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə7/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Falsafadan 1- topshiriq

2

Noosfera tushunchasi va uning falsafa va fan uchun ahamiyati

Noosfera (yunoncha: noos — akl-idrok va sphaira — shar) — biosferannng inson aql-idroki hukmronlik qiladigan yangi xrlati. N.da inson biosfera rivojla-nishini belgilab beradigan asosiy omil hisoblanadi. N. tushunchasini 1927-yilda fransuz olimlari E. Lerun va P. Teyetyar de Sharden fanga kiritishgan boʻlib, ular N.ni biosfera ustidan hukmronlik qiluvchi, yerni oʻrab olgan akl-idrok kavati deb karashgan. V. I. Vernandskiy 20-asrning 30—90-yillarida N. toʻgʻrisidagi materialistik tushunchani ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyatning oʻzaro munosabatlari natijasida paydo boʻlgan biosferaning sifat jihatidan yangi, inson manfaati yoʻlida qayta tashkil etilgan evolyusion xrlatidir. Tibbiyot qonuniyatlarining tafakkur va jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy qonuniyatlari bilan uygʻunlashib ketishi N. uchun xos xususiyat hisoblanadi. N.ning ayrim tarkibiy-funksi-onal elementlari jamiyat rivojlanishining hozirgi davridayoq yuzaga kelmoqda. Rivojlanishning umumbashariy muam-molarini hal qilish maqsadida insonlar kuch-qudrati birlashib borgan sari biosferaning N.ga aylanishi ham kuchayib boradi.

3

Virtual borliq muammosi

a’lim sohasida virtual tushunchasi keng ma’noda qo’llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual sayohat, virtual sinf va h.k. Birgina ushbu sohada ham virtual tushunchasi turli shakl va ma’nolarda qo’llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, multimedia tizimlarida virtual tushinchasi virtual borliq ma’nosini beradi.
Virtual (lotincha Virtualis — mumkin bo’lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo’ladigan yoki ro’y berishi mumkin bo’lgan) tushunchasi narsalar hamda hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo’lmagan, lekin obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo’lgan jarayonni anglatadi.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g’oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko’ra tabiiy yo’l bilan amalga oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar. Virtual borliq — inson real borliqda harakat qilayotgan illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o’rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo’q narsa, uni qo’l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega bo’ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o’zgartira oladi. Virtual olam-inson borlig’ining o’ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir. Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg’ular ko’p jihatdan uning o’zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho’milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo’luvchi his-tuyg’ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog’liq bo’ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas va h.k. Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig’irig’idan o’tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo’ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko’rsatadi, mazkur ongning mazmuniga - bilimlar, emosiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab har xil idrok etiladi.


Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə