1 joriy topshiriqlar. 1-vazifa. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 187,29 Kb.
səhifə5/24
tarix22.03.2024
ölçüsü187,29 Kb.
#182650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Falsafadan 1- topshiriq

Yangi va eng yangi davr

Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.
Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.

An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo`lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi.

Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e`tiqod qo`llanishi kerak. Lekin bu e’tigod kur-kurona, shunchaki ishonch bo`lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tigod bo`lishi kerak. Хudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.



Yüklə 187,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya