1. Kimyo tarixini o’rganishga bo’lgan urinishlar. Alkimyoning kelib chiqishi va o’ziga xos tomonlari



Yüklə 6,81 Mb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#141648
1   2   3   4   5   6   7
Gulboyeva S

Falesning fikricha, bizni o’rab olgan borliqning dastlab­ki asosini tashkil etuvchi element - modda –suv borki, qolgan barcha jismlar shundan hosil bo’ladi va suvsiz hayot bo’lmasligini e’tirof etadi. Qadimgi yunonlar vakuum bo’lishi mumkinligini inkor etishar, Yer bilan osmon orasida bo’shliqning havo bilan bandligini hisobga olib, suv va yerdan boshqa barcha joy havo bilan to’lgan deb tasavvur qilishardi.

  • Falesning fikricha, bizni o’rab olgan borliqning dastlab­ki asosini tashkil etuvchi element - modda –suv borki, qolgan barcha jismlar shundan hosil bo’ladi va suvsiz hayot bo’lmasligini e’tirof etadi. Qadimgi yunonlar vakuum bo’lishi mumkinligini inkor etishar, Yer bilan osmon orasida bo’shliqning havo bilan bandligini hisobga olib, suv va yerdan boshqa barcha joy havo bilan to’lgan deb tasavvur qilishardi.

Eramizdan avval 529-yilda Samos orolida yashagan Pifagor Janubiy Italiyaga ko’chib o’tadi va o’zining falsafiy maktabini yaratadi. Pifagor qarashlarining tarafdorlaridan biri faylasuf Empedokl (490-430-yy.) o’z ustozi bilan materiya asosini qanday element tashkil etishi haqida bosh qotirishadi, ammo ioniyaliklarning fikrlariga hech qo’shilmaydilar. Ular materiya asosi nega birgina element bo’lishi kerak, deb hisoblagan Empedokl yer olam materiya elementlaridan biri va uning asosini birgina jism emas, balki dunyodagi barcha borliqning asosini Geraklitning olovi, Anaksimenning havosi, Falesning suvi va yer, jami to’rt unsur tashkil etadi, degan xulosa chiqaradi. Bu 4 unsur insonni o’rab olgan predmetlarga turlicha sifat berib turar ekan.

Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (384-322-yy.) demokritcha ta’limotni bayon qilib, barcha hodisalar sababi atomlardagi muayyan farqdadir. Bu farqlar shakl, tartib va holatda bo’ladi degan tushunchani ilgari surdi. Aristotel o’zining „Metafizika“ asarida borliq mavjudotni tashkil etuvchi to’rt unsur-stixiyalar material substansiya emas, balki xarakterli xossalarini namoyon qiluvchi (issiqlik, sovuqlik, quruqlik va namlikni) belgi deb hisoblaydi. Qarama-qarshi xil xossalarni namoyon qiluvchi element-stixiyalar birika olmaydi: issiqlik va sovuqlikni, namlik va quruqlikni birlashtirib bo’lmaydi. Aristotelning fikricha, elementlar bir-biriga o’ta oladi, hatto ularni biriktirib, murakkabroq jism va birikmalarni olish mumkin:

  • Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (384-322-yy.) demokritcha ta’limotni bayon qilib, barcha hodisalar sababi atomlardagi muayyan farqdadir. Bu farqlar shakl, tartib va holatda bo’ladi degan tushunchani ilgari surdi. Aristotel o’zining „Metafizika“ asarida borliq mavjudotni tashkil etuvchi to’rt unsur-stixiyalar material substansiya emas, balki xarakterli xossalarini namoyon qiluvchi (issiqlik, sovuqlik, quruqlik va namlikni) belgi deb hisoblaydi. Qarama-qarshi xil xossalarni namoyon qiluvchi element-stixiyalar birika olmaydi: issiqlik va sovuqlikni, namlik va quruqlikni birlashtirib bo’lmaydi. Aristotelning fikricha, elementlar bir-biriga o’ta oladi, hatto ularni biriktirib, murakkabroq jism va birikmalarni olish mumkin:

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə