1. Kimyo tarixini o’rganishga bo’lgan urinishlar. Alkimyoning kelib chiqishi va o’ziga xos tomonlari



Yüklə 6,81 Mb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#141648
1   2   3   4   5   6   7
Gulboyeva S

Alkimyogarlar asosan Arastu tasavvurlariga asoslangan edilar. Ular Arastuning to’rt elementi qatoriga yana uch elementni qo’shdilar; shunday qilib elementlar soni 7 ta bo’ldi: 1) havo; 2) olov; 3) suv; 4) tuproq; 5) oltingugurt (u “yonuvchanlik” xossasini o’zida mujassam qilar edi); 6) simob (“metallik” xossasini mujassam qilardi) va 7) tuz (bu eruvchanlik xossasini o’zida mujassam qilardi).

Iskandar Zulqarnaynning o’limidan (Aleksandr Makedonskiy, eramizgacha 323-yil) so’ng u tuzgan juda katta imperiya parchalanib ketdi, ammo yunonliklarning Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga hali ham kuchli ta’siri bor edi. Yana bir necha asrlar davomida bu o’lkalarda madaniyat va ilmning o’zaro qo’shilishi va bir-birini boyitishi davom etib turdi. Misrda Iskandarning harbiy qo’mondonlaridan biri Ptolomey-Soter hokimiyatni qo’lga oldi va Aleksandriya shahrida "Museyon" ilm va musiqa o’chog’ini tashkil etib, uning kutubxonasiga juda ko’p adabiyotlarni yig’ib keldi.

  • Iskandar Zulqarnaynning o’limidan (Aleksandr Makedonskiy, eramizgacha 323-yil) so’ng u tuzgan juda katta imperiya parchalanib ketdi, ammo yunonliklarning Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlariga hali ham kuchli ta’siri bor edi. Yana bir necha asrlar davomida bu o’lkalarda madaniyat va ilmning o’zaro qo’shilishi va bir-birini boyitishi davom etib turdi. Misrda Iskandarning harbiy qo’mondonlaridan biri Ptolomey-Soter hokimiyatni qo’lga oldi va Aleksandriya shahrida "Museyon" ilm va musiqa o’chog’ini tashkil etib, uning kutubxonasiga juda ko’p adabiyotlarni yig’ib keldi.

Bu paytda misrliklar amaliy kimyo fanini yaxshi o’zlashtirishgan bo’lsa ham, uni alohida bilim sohasiga ajratishmadi. Misrliklarning amaliy kimyo sohasidagi bilim darajasidan hayratlangan yunonliklar ularning tajribalarini o’rganishdi va misrliklar kimyo fani xudosi Oziris deb hisoblashsa, yunonlar uni o’zlarining xudolari Germes bilan baravarlashtirdilar. O’z navbatida bu xil taqlidlar, aralashtirishlar fanning rivojiga salbiy ta’sir qildi. Oddiy insonlar kimyogarlarni sehrgar, jodugar va xavfli bilimlar sohibi deb hisoblar edilar va ulardan qo’rqishardi. Jamiyat oldidagi o’zlarining sirli mavqelarini bilgan khemeia namoyondalari borgan sari o’zlarining yozuvlarini sirli va oddiy xalq tushunmaydagan har xil simvol va belgilardan foydalanishardi. Kohinlar o’z faoliyatiga diniy tus berib, kimyoni astrologiya bilan bog’laganlar.

  • Bu paytda misrliklar amaliy kimyo fanini yaxshi o’zlashtirishgan bo’lsa ham, uni alohida bilim sohasiga ajratishmadi. Misrliklarning amaliy kimyo sohasidagi bilim darajasidan hayratlangan yunonliklar ularning tajribalarini o’rganishdi va misrliklar kimyo fani xudosi Oziris deb hisoblashsa, yunonlar uni o’zlarining xudolari Germes bilan baravarlashtirdilar. O’z navbatida bu xil taqlidlar, aralashtirishlar fanning rivojiga salbiy ta’sir qildi. Oddiy insonlar kimyogarlarni sehrgar, jodugar va xavfli bilimlar sohibi deb hisoblar edilar va ulardan qo’rqishardi. Jamiyat oldidagi o’zlarining sirli mavqelarini bilgan khemeia namoyondalari borgan sari o’zlarining yozuvlarini sirli va oddiy xalq tushunmaydagan har xil simvol va belgilardan foydalanishardi. Kohinlar o’z faoliyatiga diniy tus berib, kimyoni astrologiya bilan bog’laganlar.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə