1. Kimyo tarixini o’rganishga bo’lgan urinishlar. Alkimyoning kelib chiqishi va o’ziga xos tomonlari



Yüklə 6,81 Mb.
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#141648
1   2   3   4   5   6   7
Gulboyeva S

Eramizning I asrida yashagan Qadimgi Rimlik harbiy Gay Pliniy II “Tabiiy tarixi” qomusiy asarida sovun olish, matolarni bo’yash, o’simliklardan non, uzumdan vino, pivo va sirka olish, shisha olish usullarini bayon qilgan. Atir-upa, dorilar tayyorlash Qadimgi Yunoniston vrachlari Gippokrat (eramizgacha 460-377 y.) va Teofrast (372-277 y.) ishlarida aniq yoritilgan. Demak, kimyodan qadimgi xalqlar keng foydalangan ekan, uning nazariy asoslarini Qadimgi Yunonistondan izlash kerak.

  • Eramizning I asrida yashagan Qadimgi Rimlik harbiy Gay Pliniy II “Tabiiy tarixi” qomusiy asarida sovun olish, matolarni bo’yash, o’simliklardan non, uzumdan vino, pivo va sirka olish, shisha olish usullarini bayon qilgan. Atir-upa, dorilar tayyorlash Qadimgi Yunoniston vrachlari Gippokrat (eramizgacha 460-377 y.) va Teofrast (372-277 y.) ishlarida aniq yoritilgan. Demak, kimyodan qadimgi xalqlar keng foydalangan ekan, uning nazariy asoslarini Qadimgi Yunonistondan izlash kerak.

Qadimgi Yunonistonda fan va madaniyat sohasida erishilgan daraja insoniyatni lol qoldirgan. Qadimgi yunon olimlarining (eramizdan oldingi V-VI asrlar) fikrlari o’z davridan bir necha yuz yil ilgarilab ketgan. Dastlabki materiya haqidagi tushuncha qadimiy Gretsiyada (Yunoniston) shakllandi. Yunon faylasuflari element, atom va kimyoviy birikma haqidagi tushunchalarni kashf etdilar. Eramizdan oldin yashagan Fales Miletskiy (640-546-yy.), Anaksimandr (610-546-yy.), Anaksimen (585-525-yy.), Geraklit (540-475- yy.), Pifagor (532-497-yy.), Anaksagor (500-428-yy.), Empedokl (490-430- yy.) larning ishlari fan taraqqiyotidagi dastlabki tushunchalar edi. Bu olimlarni moddalar­ning olinish usuli, ularning amaliy ishlatilishi emas, balki nega bu mod­dalarning xossalari boshqa moddalardan farq qiladi, degan savolga javob qidira boshladilar, ya’ni boshqacha qilib aytsak, bugungi kimyoviy nazariyaning dastlabki elementlarini qidirishga tushdilar

  • Qadimgi Yunonistonda fan va madaniyat sohasida erishilgan daraja insoniyatni lol qoldirgan. Qadimgi yunon olimlarining (eramizdan oldingi V-VI asrlar) fikrlari o’z davridan bir necha yuz yil ilgarilab ketgan. Dastlabki materiya haqidagi tushuncha qadimiy Gretsiyada (Yunoniston) shakllandi. Yunon faylasuflari element, atom va kimyoviy birikma haqidagi tushunchalarni kashf etdilar. Eramizdan oldin yashagan Fales Miletskiy (640-546-yy.), Anaksimandr (610-546-yy.), Anaksimen (585-525-yy.), Geraklit (540-475- yy.), Pifagor (532-497-yy.), Anaksagor (500-428-yy.), Empedokl (490-430- yy.) larning ishlari fan taraqqiyotidagi dastlabki tushunchalar edi. Bu olimlarni moddalar­ning olinish usuli, ularning amaliy ishlatilishi emas, balki nega bu mod­dalarning xossalari boshqa moddalardan farq qiladi, degan savolga javob qidira boshladilar, ya’ni boshqacha qilib aytsak, bugungi kimyoviy nazariyaning dastlabki elementlarini qidirishga tushdilar

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə