1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nurlar astrofizikasi



Yüklə 251,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix05.05.2023
ölçüsü251,18 Kb.
#108745
1   2   3   4   5   6   7
1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nur

gamma teleskop
deb atasa bo’ladi. Masalan, Smitson astrofizik 
observatoriyasida (AQSh, Arizona) diametri 10 m keladigan reflektor atmosferada ro’y beradigan 
cherenkov nurlanishini qayd qilishda qo’llaniladi. Bu reflektor 248 ta olti burchak ko’zgudan 
yasalgan kurama teleskopdir. Diametri 5 m bo’lgan bunday kurama gamma teleskop Parkent 
yaqinida joylashgan katta Quyosh konsentratori teritoriyasida ishga tushirilgan (akad. 
T.S.Yuldashbayev).


9.4-rasm. Gamma nur tasirida ro’y beradigan chaqnashlarni qayd qiladigan gamma 
«teleskop»ning sxemasi. 
Yer yuzida atom bombasi sinovlarini qayd qilish maqsadida 120 000 km balandlikdagi 
orbitaga chiqarilgan oltita «Vela» (AQSh) nomli YeSY ga o’rnatilgan gamma detektorlar muhim 
natijalar berdi. 1973 – 1985 yillarda 200 ga yaqin gamma chaqnashlar qayd qilindi. Bular atom 
bombasi sinovi bilan bog’liq emas, balki, ular kosmik tabiatga egaligi ma’lum bo’ldi. Bu gamma 
chaqnashlarning intensivligi bir necha o’n millisekuntdan bir necha sekundgacha kuchayib va o’n 
sekundlardan keyin 100 s gacha kamayib borar edi. Keyinchalik diffuz gamma nurlanish «SAS-
2» (AQSh, 1972-73 yillar) «COS-B» (AQSh, 1975-82 yillar) nomli YeSY yordamida batafsil 
tekshirildi. Bu yo’ldoshlar yordamida 30 dan ortiq gamma nurlanish mabalari topildi.
Gamma teleskoplarning ajrataolish kuchi kam, bir burchak gradusdan bir necha minutgacha. 
Shuning uchun, gamma chaqnashlarni osmon yoritkichlari bilan taqqoslash qiyinchilik tugdiradi. 
50 dan ortik gamma nurlanish mabai topilgan, ularning bir qismi Galaktika tekisligi yaqinida 
joylashgan va bizning yulduz tizmga tegishli bo’lishi mumkin. Hozircha uchta gamma manba 
taqqoslangan, bular qisqichbaqasimon tumanlik ichidagi va Yelkanlar yulduz turkumidagi pulsar 
va mashhur 3S 273 kvazar bo’lib chiqadi. 
Osmon yoritkichidan kelayotgan fotonlar uning atmosfera qatlamlaridan fazoga sochilgan. 
Ularni o’lchash va tekshirish natijasida biz yulduz atmosferasining fizik holati va kimyoviy 
tarkibini o’rganishimiz mumkin. Bu fotonlar energiyasi osmon yoritkichining ichki, qaynoq 
qatlamlaridan uning atmosferasiga chiqqan. Bu energiya qanday hosil bo’ladi va ichki, bizga 
ko’rinmaydigan qatlamlardan fotonlar qanday o’tadi. Quyosh va yulduzlarning ichki qatlamlarini 
«ko’rib» va tekshirib bo’ladimi? Bu savollarga javob, yulduzlarning ichki tuzilishi modelini 
tuzishga imkon beradi.

Yüklə 251,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə