1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nurlar astrofizikasi



Yüklə 251,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix05.05.2023
ölçüsü251,18 Kb.
#108745
1   2   3   4   5   6   7
1. Kosmik astrofizik tekshirishlarning xususiyatlari. Kosmik nur

rentgen va gamma teleskop
deb ataladi. Rentgen nurlar X-nurlar 
deb ham yuritiladi. 
a) 
Rentgen teleskop
. Dastlabki rentgen teleskop rentgen fotonlarni gazga ta’siri natijasida 
hosil bo’ladigan ion va elektronlarni sanashga asoslangan va u Geyger sanoqchisiga o’xshash 
bo’lgan. U maxsus tanlangan gaz, masalan, argon to’ldirilgan Geyger sanoqchisi bo’lib, uning nur 
tushadigan tuynugiga berilliydan yasalgan, o’n mikron qalinlikdagi folga (yupqa shiqildoq 
qog’ozga o’xshash) tortiladi. Bunday sanoqchi 1,5-6 Kev energiyali (

=0.2-0.8 nm) kvantlarni 
qayd qilaoladi. Bunday sanoqchilardan ikki xili (ular har xil diapazonlarda sanaydi) hozir orbitada 
uchib yurgan GOYeS-9 nomli Yer yo’ldoshiga o’rnatilgan va ular Quyoshdan kelayotgan rentgen 
nurlanishni (rentgenda chaqnashlarni) qayd qiladi. Bu yo’ldoshga Quyoshdan kelayotgan 
elektronlar va protonlar oqimi quvvatini o’lchaydigan asboblar ham o’rnatilgan. Ular keng 


diapazonda (1000 Mev gacha) protonlar oqimini o’lchashga imkon beradi. Yuqori energetik 
ajrataolish qobiliyatga ega bu asboblar past burchakiy ajrataolish kuchga ega, ya’ni ular Quyosh 
yuzidagi rentgen va gamma nurlanish oqimi manbalarini ajrataolmaydilar va butun Quyosh 
yuzidan kelayotgan oqimni bitta manbadan kelayotgan oqim sifatida o’lchaydilar. 
Tasvir hosil qiluvchi rentgen teleskop reflektor singari parabolik va giperbolik ko’zgulardan 
iborat bo’ladi. Ma’lumki, ko’zguga tik tushayotgan rentgen nurlari undan aks qaytmaydi. Biroq, 
agar rentgen nurlar ko’zgu yuziga kichik burchak ostida (ko’zgu yuziga urinma shaklda) tushsalar 
ular undan shunday burchakka aks qaytadilar. Rentgen teleskop ikkita har xil egrilik radiusiga ega 
(biri parabolik ikkinchisi giperbolik) xalqasimon ko’zgulardan iborat bo’ladi (9.3-rasm).
9.3-rasm. Rentgen teleskopda nurlarning yo’nalishi. 
Ularning bir ikkinchisi ichiga simmetrik ravishda shunday joylashtiriladiki, ulardan birin-
ketin aks qaytgan (suv yuziga qiya otilgan pulakcha tosh singari) parallel nurlar teleskopning fokal 
tekisligida kesishadilar va yoritkich (mas. Quyosh) ning tasvirini hosil qiladi. Ko’zgular oldiga 
xalqasimon teshikli to’sik va nur saralagich (filtr) qo’yiladi. Qalinligi 13 mkm bo’lgan berilliy 
folga 0.35 nm dan to 1.4 nm gacha bo’lgan, lavsan plyonka esa 4.4 – 6.0 nm diapazondagi 
to’lqinlarni o’tkazadi. Berilliy folga orqali olingan tasvir qattiq, lavsan (selyuloza) plyonka orqali 
olingan tasvir esa, yumshoq rentgen tasvir deb ataladi.
Quyoshning rentgen tasviri SKYLAB (1973- yil) va YOHKOH (1991 - 2001 - yillar), 
HINODE (2006 yil) nomli Yer yo’ldoshlariga o’rnatilgan rentgen teleskoplar yordamida olingan 
va olinmoqda. Quyoshning tasviri SSD kamera yordamida qattiq va yumshoq X-nurlarda olinadi. 
SKYLAB, YOHKOH olgan tasvirlarda harbir piko’l (matrisa elementi) ga 5

, HINODE da olingan 
tasvirda - 1

yoy sekundi to’g’ri keladi.
Agar rentgen kvant sanoqchilari oldiga ko’plab ingichka naychalar dastasini yoki bir-biridan 
ma’lum masofada joylashtirilgan ikkita sim to’rlarni o’rnatsak, bu qurilmalar ham teleskop 
vazifasini bajarishi mumkin. Bunday qurilma naychali va sim to’rli kollimator deb ataladi va 
kamera-obeskur singari rentgen tasvir hosil qiladi va rentgen manbalarni osmonda o’rnini 
aniqlashda qo’llaniladi. Bunday qurilmaning ajrataolishi bir burchak gradusdan oshmaydi. 
Kuchli kosmik rentgen manbalarining spektri kristallik breg spektrometr yordamida olinadi. 
Bu spektrometr diffraksiyalovchi kristalldan (mas., ftorlangan litiy) va geyger sanoqchisidan, 
kristallni aylantiruvchi va detektorni, ya’ni priyomnikni, yurgizuvchi mexanizmlardan iborat 
bo’ladi. Bu asbobning kirish teshigi oldiga tanlangan nur saralagich qo’yiladi. Ftorlangan litiy 
kristali 0.13 – 0.31 nm diapazondagi spektrni 0,001 nm spektral ajralish bilan olishga imkon 
beradi.
Baland uchar raketalar va Yerning suniy yo’ldoshlariga o’rnatilgan rentgen teleskoplar 
yordamida birnecha ming rentgen nur manbalari topilgan. Bular orasida har xil tipdagi chaqnovchi 
o’zgaruvchan yulduzlar, oq karliklar, rentgen pulsarlar, chaqnovchi rentgen manbalar (basterlar) 
va o’tayangi yulduzlar qoldiqlari bor. Ayrim rentgen manbalar Galaktikadan tashqarida joylashgan 
(mas. rentgen kvazarlar). Yerning suniy yo’ldoshlari UXURU, Eynshteyn nomidagi 
ob’servatoriya, XEAO-2, OSO-7-8, Astron, orbital stansiyalar Salyut-4-7 va boshqalarga 
o’rnatilgan rentgen teleskoplar yaxshi natijalar berdi. 
Rentgen manbalar yulduz turkumi belgisidan keyin X harfi va tartibiy raqam qo’yish bilan 
belgilanadi. Masalan, CygX-1 yoki CygX-2, ya’ni Oqqush yulduz turkumidagi birinchi va 
ikkinchi rentgen manba. 


b) 

Yüklə 251,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə