1-kurs magistranti Allayarova Sayyora Xadjibaevnaning kosmik nurlar fizikasi fanidan yozgan Mustaqil ishi. Mavzu: Quyosh dog’larining paydo bo’lishining kelib chiqishi haqida ilmiy gipoteza. Yerning magnit maydoni



Yüklə 84,21 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü84,21 Kb.
#164345
  1   2   3   4
9. ALLAYAROVA SAYYORA XADJIBAYEVNA (2)




1-kurs magistranti Allayarova Sayyora Xadjibaevnaning kosmik nurlar fizikasi fanidan yozgan
Mustaqil ishi.


Mavzu: Quyosh dog’larining paydo bo’lishining kelib chiqishi haqida ilmiy gipoteza. Yerning magnit maydoni.


Qabul qildi: Jumamuratov A
Topshirdi: Allayarova S


Reja:
1. Quyosh dog‘lari — magnit orollari
2. Quyosh magnetizmi
3. Fan va texnika yangiliklari
4. Sayyoramizga ta’siri Yerning magnit maydoni.
5. Dog’ guruhlarining o’lchami. Quyosh sikli.
6. Xulosa
7. Adabiyotlar.
Quyosh dog‘lari — magnit orollari


3-rasm. Quyosh dog‘lari: a) to‘g‘ri dog‘; b) dog‘ guruhi.
Quyosh fotosferasida kuzatiladigan, fizik tabiati jihatidan jumboqlarga boy obyektlar — dog‘lardir (6- rasm). Quyosh dog‘larining kattaligi turlicha bo‘lib, ularning o‘lchami bir necha ming kilometrdan bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi. 1858- yilda kuzatilgan Quyosh dog‘i — eng yirik dog‘lardan biri edi. Uning diametri 230 ming kilometrga yetib, Yer diametridan 19 martacha katta bo‘lgan. Agar Quyosh dog‘larining kattaligi 40 ming kilometrdan ortiq bo‘lsa, bunday dog‘larni Quyosh botayotganda yoki chiqayotganda uning sirtida oddiy ko‘z bilan teleskopsiz yoki boshqa biror kuzatish asbobisiz bemalol ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham ko‘pgina qadimiy qo‘lyozmalarda Quyosh sirtida dog‘lar kuzatilganligi hikoya qilinadi. Biroq u davrlarda hech bir kuzatuvchi bu dog‘larning bevosita Quyoshga tegishli ekanligiga ishonmagan. Birinchi bo‘lib, 1609- yilda dog‘lar Quyoshning o‘ziga tegishli ekanligini Galiley o‘zi yasagan teleskop yordamida kuzatib aniqladi.
Shundan buyon o‘tgan salkam 4 asr vaqt davomida olimlar Quyosh dog‘lariga tegishli ko‘p muammolarni, jumladan, ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda fizik tabiatiga doir qator muammolarni hal qildilar. Odatda, Quyoshda dog‘lar yakka holda juda kam uchraydi. Ular guruh-guruh holida ko‘proq kuzatiladi (3- rasm). Ma’lum dog‘ guruhida bitta yoki ikkita yirik qarama-qarshi magnit qutbiga ega bo‘lgan dog‘dan tashqari bir necha mayda dog‘lar bo‘ladi. Quyosh dog‘larining tempera- turasi fotosferanikidan o‘rtacha 1500 °C ga pastligi tufayli ular fotosferada qorayib ko‘rinadi.
Quyosh dog‘larida kuchli magnit maydoni mujassamlashgan. Quyosh dog‘larining yashash davri turlicha bo‘lib, bir necha kundan bir-ikki oygacha davom etadi. Bir-ikki oy davomida yashay oladigan (ya’ni Quyoshning bir necha aylanishida yo‘qolmay turadigan) dog‘lar ko‘p uchramaydi. Dog‘lar Quyosh sirtining hamma qismlarida paydo bo‘lavermay, uning ±35—40 gradus kengliklari orasidagi sohada paydo bo‘ladi.
Quyosh fizikasiga tegishli muhim muammolardan biri undagi dog‘lar sonining yillar mobaynida sistemali o‘zgarib turishidir.
Quyosh dog‘lari soniga tegishli qariyb 100 yillik materialni yig‘ib va bir necha o‘n yil davomida havaskor astronomlar orasida Quyosh dog‘larini sistemali kuzatishni yo‘lga qo‘ygan shveysariyalik olim Rudolf Volf Quyosh dog‘lari soni o‘zga- rishining o‘rtacha davrini 11,1 yilga teng deb topdi.
Quyosh dog‘lari Quyoshdagi eng aktiv jarayonlardan ekanligi va Quyosh atmosferasi qatlamlarida uchraydigan barcha boshqa aktiv hodisalar bilan bevosita bog‘lanishda bo‘lganligi tufayli, Quyosh dog‘lari sonining 11,1 yillik davri — Quyosh aktivligining davri sifatida qabul qilingan.

Yüklə 84,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə