2
UDK:
KBK:
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti: oliy o‗quv
yurtlari bakalavr, 5410500– qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, 5410200 –agranomiy, 5410100- Agrokimyo va
agrotuprokhunoslik, 5411600- Sabzavotchilik,
polizchilik va kartoshkachilik, 5411700 - Issiqxona
xo‗jaligini tashkil etish va yuritish, 5233000 – Suv xo‗jaligini
tashkil etish va boshqarish, 5230100 –
iqtisodiyot ta‗lim yo‗nalishi (sohalar va tarmoqlar bo‗yicha), magistratura 5A230100 iqtisodiyot
yo‗nalishi talabalari va magstirlari uchun o‗quv qo‗llama. //A. Burxanov, G‗.
Berdiyev, M. Allayarova,
A.Abduvohidov, O.Umaraliyev, A.Shoev, Sh.Sulaymonov //. Mas‘ul muharrir U.V.G‗ofurov – iqtisod
fanlari doktori, professor. 621 b.
O‗quv qo‗llanmada qishloq xo‗jaligi
iqtisodiyotining nazariy, tarixiy va ilmiy-amaliy masalalari
keltirilgan. Qishloq xo‗jaligida yer, mehnat va moddiy-texnika resurslarini shakllantirish va ulardan
samarali foydalanishning iqtisodiy asoslari batafsil yoritib berilgan. Qishloq xo‗jaligi
sohasida bozor
munosabatlarini rivojlantirish, qishloq xo‗jaligi tashkilotlarining investitsiya va innovatsion faoliyati,
qishloq xo‗jaligida tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik va iqtisodiy
samaradorligiga alohida
e‗tibor qaratilgan.
Bozor sharoitida o‗simlik va chorvachilik mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligi, ishlab chiqarish xarajatlari va sotish narxlari masalalari har tomonlama ko‗rib
chiqilgan.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotni globallashuvi
sharoitida qishloq xo‗jaligiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish va aqlli qishloq xo‗jaligi konsepsiyasini
qo‗llash masalalari yoritilgan. Qishloq xo‗jaligida klasterlashtirish tizimini
izchil davom ettirish va
kooperatsiya munosabatlarini qaror toptirish orqali rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqish
masalalariga ham alohida e‗tibor qaratilgan.
O‗quv qo‗llanma oliy ta‗lim muassasalari talabalari,
doktorantlar, o‗qituvchilar, qishloq xo‗jaligi
tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, qishloq xo‗jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari
xodimlari uchun mo‗ljallangan.