1-Laboratoriya ishi


Rostlagichni sozlash parametrini aniqlash



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə4/6
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#144573
1   2   3   4   5   6
1-4

Rostlagichni sozlash parametrini aniqlash.
Rostlagichni sozlash parametrini va hisoblashda yaqinlashtirilgan formuladan foydalanamiz:
P-rostlagich uchun:
(11)
PI-rostlagich uchun:

(12)
yoki
bu yerda - ARS ni so‘nmas tebranishlar davri.
PID-rostlagich uchun :

(13)

bu yerda - izodrom va oldindan ko‘ra bilish vaqti.
(11)-(13) formulalar 0,75 dan yuqoriroq bo‘lgan ___ - rostlash jarayoninining so‘nish darajasini taminlovchi rostlagichlarning sozlash parametrlarini aniqlaydi.
Amalda TBO larning avtomatlashtirishda P- , PI-, PID-rostlagichlarning sozlash parametrlari ko‘pincha yaqinlashtirilgan formulalar yordamida aniqlanadi.Bu esa ob'ekt dinamikasini ba'zi bir xaraktarli parametrlariga bog‘liqdir: kechikish vaqti , doimiy vaqt T va kuchaytirish koeffisienti K. Bunday yaxshi sozlash parametrlari quyidagi formulalar orqali hisoblanadi:
P-rostlagich uchun: (14а)
PI- rostlagich uchun: (14б)
PID-rostlagich uchun: (14в)
Topilgan sozlash parametrlari so‘nish darajali turg‘un o‘tish jarayonini taminlaydi.
(bu yerda Y1 va Y3 - tebranish jarayonining birinchi va uchinchi «cho‘qqi»).
Tekshirilayotgan ob'ektning ishlash prinsipi.
Dinamik xarakteristikalarni tajribada tekshirish fizik laboratoriya ob'ektida amalga oshiriladi. U quyidagilardan iborat



1. rasm. Avtomatlashtirilgan fizik ob'ektning sxemasi.

1. – Ventilyator.


2. – Truboprovod.
3. – Elektr isitgich.
4. – Xromel'-kopelli termopara.
5. – Potensiometr.
6. – Analogli elektron rostlagich.
7. – Qo‘lda boshqariladigan tashqi blok.
8. – Elektro-pnevmo o‘zgartgich.
9. – Membranali ijro etuvchi mexanizm.
Ventilyator (1) uncha kata bo‘lmagan ortiqcha bosimni truboprovod (2) orqali elektr isitgich (3) ga haydaydi.
Elektr isitgich (LATR) laboratoriya avtotransformator yordamida isitiladi. LATR dagi tok kuchi ampermetr (A) va kuchlanish esa vol'tmetr (V) yordamida o‘lchanadi.
Ikala ko‘rsatuvchi pribor va LATRning rostlash tugmasi shitga o‘rnatilgan. Kaloriferning chiqishdagi havoning temperaturasi Xromel'-Kopel termoparasi (4), unda hosil bo‘ladigan termo-EYuK yozib boruvchi potensiometr (5)ga uzatiladi.
0-10 V gacha bo‘lgan standartlashtirilgan signal potensiometr (5) dan analogli elektron rostlagich (6)ga va qo‘lda boshqariladigan tashqi blok (7)ga uzatiladi. Rostlagich (6)ning chiqishdagi elektr signal elektro-pnevmo-o‘zgartgich (8)ga uzatiladi. (0,2-1,0)*104kPa standartlashgan pnevmosignalmembranali ijro mexanizmi (9)ga beriladi. Bu signal yordamida richagli sistema (10) harakatga keladi va to‘siq (11)ni harakatlantiradi va buning natijasida kaloriferga kelayotgan havo ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi.
Yuqorida ko‘rilgan fizik ob'ekt uchun kaloriferning chiqishidagi havo temperaturasi Y- bir chiqishli koordinatali TBO-ti hisoblanadi. Bu koordinata ko‘pincha kaloriferning elektr isitgichi ajratib chiqarayotgan elektr quvvatiga bog‘liq bo‘ladi.tajribani qulaylashtirish uchun elektr signalining quvvatini tok kuchi X1 ga ekvivalent deb hisoblansa bo‘ladi. Fizik ob'ektning boshqa koordinata bo‘yicha, ya'ni kalorifer orqali havoning sarfi hisoblanadi. U temperaturaning o‘zgarishiga kata ta'sir ko‘rsatadi. Havo sarfining o‘zgarishi esa ijro mexanizmining holatiga shartli ekvivalent deb hisoblash mumkin yoki rostlagich (6) ning qo‘lda boshqarish bloki (7) X2 bo‘linmalar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Fizik ob'ektning kirishidagi boshqa o‘zgaruvchilar majmuasi, ya'ni elektr manbaidagi kuchlanishning o‘zgarishi, atrof muhitning havo namligi va uning temperaturasi va boshqalarni TBOdagi 2-4 soat davom etadigan tajriba vaqtidagi tasodifiy xalaqitlar deb qarash mumkin va bunda dispersiya cheklangan deb hisoblanadi.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə