1. Mamlakat haqida umumiy maʼlumot Iqtisodiy rivojlanish tarixi



Yüklə 71,55 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü71,55 Kb.
#182063
  1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish-jahon mintaqalar iqtisodiyoti-word


Yaponiya iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, oʻziga xosligi va innovatsiyalarni joriy etish istiqbollari
Reja
1.Mamlakat haqida umumiy maʼlumot
2.Iqtisodiy rivojlanish tarixi
3.Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari
4.Yaponiyada innovatsiyalarni joriy etish istiqbollari


Mamlakat haqida umumiy ma’lumot
Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2022 yil hisobotiga ko‘ra Yaponiya nominal YaIM hajmi 4 231 mlrd. AQSh dollari, 2022 yil yakunlari bo‘yicha XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy daromad bo‘yicha esa 36 032 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo iqtisodiyotining 3 o’rnida turadigan mamlakat.
Yaponiya iqtisodiyotining qudratini uning yapon millatidan tashkil
Topganligi bilan tavsiflanadi. Etnik tarkibi 99 foiz bo‘lgan bu millat dunyo
Mamlakatlarining barchasini ortda qoldirdi, hatto Germaniyani ham. Millat qudratini ta‘minlab beradigan kuch bu tarixan shakllangan va ishonib keladigan
Samuraylardir. Qishloq xo‘jaligidan tortib og‘ir sanoatgacha, hozirda xizmatlar sohasiyu, ta‘lim-tarbiya masalalarida alohida evolyutsion rivojlanish maktabini yaratdi. Berilgan vazifani to‘laqonli sifat bilan, o‘z vatida, kam sarf-xarajatlar bilan keng ko‘lamli ishlar aynan ushbu millat vakillari tomonidan bajarilgan.
Hozirgi kunda Yaponiya dunyodagi uchinchi yirik avtomobil ishlab
Chiqaruvchi, axborot kommunikatsia jihozari ishlab chiqishda birinchi, eng yirik
Elektronika jihozlari, robot texnologiyalar, optik va uglerod tolalar,
Nanotexnoloiyalar, raqamli takomillashgan sanoat mahsulotlari, dasturiy ta‘minotlar, kosmonavtika, dengiz sanoati, genetika va embriologiya sohalarida betakror natijalarga erishgan innovatsion mamlakatlar qatorida turadi. Bugungi kunda Yaponiya sanoati Xitoy va Janubiy Koreyaning ba‘zi raqobatlariga duch kelmoqda, lekin kuchli va qimmat yapon brendlari xalqaro savdo munosabatlarida yuksan o‘rinlarini saqlab qolmoqda. Gibrid transport vositalari va masofadan
Boshqariladigan algortmli robotika texnologiyalari dunyo mamlakatlari uy-xo‘jaligi, sanoatida juda katta samaradorlik mahsulini oshirib bermoqda.
Yaponiyaning 5 ta orollardan tashkil topishi, ammo, huddudda hech qanday
Tabiiy resurslarning mavjud emasligi Yapon barcha Imperatorlarni azaldan
Tushkunlikka solib qo‘ygan. Mintaqadagi sanoat inqilobi, ishsizlik, narxlarning
Oshib ketishi mehnatkash yapon yer maydonlarini kengaytirishga chorlar edi.
Qo‘shni mamlakatlari hisoblangan Rus Imperatorligi, Xitoy Imperatorligi, Koreya
Va janubi-sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan azaldan yer ustida urushlar
bo‘lib turgan.
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng sobiq ittifoqninig ilk tashabbusi hamda oz
Vaqt o‘tishi bilan AQShning Nagasaki va Xirosimo shaharlariga tashlagan atom
Bombalaridan so‘ng Yaponiya iqtisodiyotida tub burilish yasaldi. Sobiq Ittifoq
Yapon armiyasini Xitoydan, Koreyadan, Saxalindan juda mashaqqat quvib chiqardi. Eng achinarlisi shundaki, Yapon Imperatori barcha
Mintaqalarda joylashgan harbiy polk qo‘mindonlariga taslim bo‘lishini buyurgan
Bo‘lsada birirta yapon Generali bu buyruqni bajarmasdan oxirigacha Ittifoqqa qarshi hujum qilgan. Qisqa vaqt ichida AQSh harbiy qismi Yaponiyani egallaydi,
Shuningdek, kengayib borayotgan sotsializm ittifoqchilarini ko‘rgan AQSh davlat
Rahbarlari Koreyani ikkiga bo‘linishi bilan chegaralandi. Bu tarixiy voqealar jahon
Iqtisodiyotida yangi sarlovha ochdi.
1960 yildan keyin iqtisodiy rivojlanishning o’ttiz yillik davrida Yaponiya
Mudofaa xarajatlarini iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlamadi. Shuning uchun
Yaponiya urushdan keyingi iqtisodiy mo’jiza deb ataladigan tez iqtisodiy o’sishni
Ta’minladi. Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi rahbarligida 60-yillarda o’rtacha
10%, 1970-yillarda 5%, 1980-yillarda esa 4% o’sib borishi bilan Yaponiyani o’zini
Dunyodagi 1978 yildan 2010 yilgacha Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan eng
Yuqori bo’lgan ikkinchi yirik iqtisodga aylandi.
Yaponiyaning 1945-1970 yillardagi iqtisodiy taraqqiyot yillarida hukumat tomonidan amalga oshirilgan ko`plab iqtisodiy islohotlar va dasturlarni hamda ularning nеgizida “iqtisodiy mo`’jiza” yaratilganining guvohi bo`lamiz. Uning “iqtisodiy mo`’jiza” yaratishidagi asosiy omillari quyidagilardan iborat:
Fan va tеxnika omili. 1945-1965 yillar davomida fan va tеxnikani rivojlantirish maqsadida mamlakatda tashkil qilingan ko`plab ilmiy-tеkshirish institutlarga davlat byudjеtidan ko`plab miqdorda mablag`lar ajratildi. Shu yillar mobaynida, hukumat yiliga YaIMning 3%i miqdoridagi ulushning ilmiy-tеxnika institutlariga yo`naltirdi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda kompaniya va firmalar ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishdi, shu bilan birga, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati bilan jahon bozorlarida eng oldingi o`rinlardan joy oldi. Qolavеrsa, yillar davomida shakllangan ilmiy-tеxnik imkoniyatlarni saqlash, ilmiy-tеxnik rivojlanishning mintaqaviy va hududiy fondlarini tashkil etish, ilmiy izlanish va tadqiqotlarni olib borish va ular natijasini ishlab chiqarishga joriy qilish hamda ilg`or tеxnologiyalarni qo`llash kabi vazifalarga e’tibor bеrdi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida “Yaponiya modеli” ning ahamiyati. «Yaponiya modеli» dеyarli 150 yil davomida o`z xususiyatiga ega bo`lib tashkil topgan. Ushbu modеlning Yevropa mamlakatlari va AQSH modеllaridan farqi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida davlatning yuqori darajada qatnashuvidir. Yapon modеli – vatanparvarlik tuyg`usi asosida yaratilib, eng avvalo, sanoat mahsulotlarining eksport qilinishi evaziga xorijiy valyutasini tushirish va tushgan valyuta evaziga еtakchi xorijiy mamlakatlardan eng zamonaviy tеxnologiyalarni sotib olish, yuqori mеhnat unumdorligiga erishish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash kabilarni o`z ichiga oladi.



Yüklə 71,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə