1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish


Fizikaviy zararli va xavfli omillar



Yüklə 43,71 Kb.
səhifə11/14
tarix10.04.2023
ölçüsü43,71 Kb.
#104852
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
эргономика умк

Fizikaviy zararli va xavfli omillar:
- Ish zonasidagi havoning changligi;
- Vibratsiya: umumiy va lokal;
- Akustik to‘lqinlanishlar: infratovush,shovqin, ultratovush;
- Statik elektr;
- Elektromagnit to‘lqinlar va nurlanishlar;
- Infraqizil radiatsiya; lazer nurlari;
- Ultrabinafsha radiatsiyasi;
- Ionlashtiruvchi nurlanish;
- Elektr toki;
- Mashina va mexanizmlar;
- Balandlik, tepadan narsalarning tushishi;
- Uchi o‘tkir narsalar;
- Ish joyidagi material va jihozlarning issiq yoki sovuqligi.
Kimyoviy zararli va xavfli omillar:
- Ish joyining gazlar bilan ifloslanganligi;
- Changlar bilan ifloslanganligi (ximiyaviy birikmalar changi).
- Teri va shilliq pardalarga zaharli moddalarning tushishi;
- Oshqozon-ichak yo‘llariga zaharli moddalarning tushishi.
Biologik zararli va xavfli omillar:
- Patogen mikroblar va ularning toksinlari;
- Hayvon va o‘simliklar.
Psixofiziologik zararli va xavfli omillar:
- Fizik: noqulay vaziyatdagi ish, qo‘l mehnati, og‘ir yuk ko‘tarish, og‘ir mehnat. - Asab-ruhiy: ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, talabalar , operatorlar, aviadispetcherlar, ijod bilan shug‘ullanuvchilar.
4. Inson organizmiga zararli omillarning salbiy ta’siri. Davomli shovqin ta’sirida insonning eshitish qobiliyati pasayib boradi, hattoki kar b o‘lib qolishi mumkin. Shovqin avvalo inson markaziy asab sistemasiga ta’sir etib, uning ko‘rish, fikrlash qobiliyatini pasaytiradi va charchashni tezlashtirib, jarohatlanishga olib keladi. Tebranish shovqinga nisbatan markaziy asab sistemasiga kuchliroq ta’sir o‘tkazib, yurak, qon tomir sistemasiga, tananing muvozanat a’zolariga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, kasb kasalligi bo‘lgan tebranishga yoki titrash kasalligini vujudga keltiradi.
- Inson hayotiga xavf soladigan holatlarga quyidagilar kiradi: elektr toki,
balandlikda ishlash, uchi o‘tkir narsalar, ish joyidagi jihozlarning issiqligi, zararli
- moddalar, yong‘in, psixik zo‘riqish va boshqalar.
- Avariya, halokatlar, tabiiy ofatlar, fojiyalar insonlarda emotsional hayajonlanishni keltirib chiqaradi. Natijada inson turli emotsiyaviy kuchlanish xolatlarida bo‘lib qoladi. Odamlar sog‘lig‘i yomonlashadi, stress holatlariga tushib qolishi mumkin. Barcha qiyin vaziyatlarda hal qiluvchi r o‘l, insonni psixologik holati va ma’naviy ruhini chiniqtirishga bog‘liq. Psixologik va ma’naviy ruhiy chiniqqan inson istalgan keskin paytida tushinib, aniq mo‘ljallangan, qat’iy harakatlarga tayyor bo‘lib turadi. Ularda yuqori ma’naviypsixologik barqarorligi, matonat, dadillik talab etiladi. Jabrlanuvchilarga yordam berishga, nobud bo‘layotgan moddiy boyliklarni qutqarib qolishga tayyor bo‘lishni talab etadi. Tabiiy ofatlar insonni ruhiga salbiy ta’sir etadi.
- Ayni hollarda normal fikrlash jarayonini buzilishiga o‘z ustidan nazoratni
pasayishiga yoki umuman yo‘qolishiga olib keladi.
- Avariya va halokat, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etuvchi rahbarlar ko‘pincha har tomonlama chiniqqan insonlardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
- Ular eng xavfli joylarga borishiga doim tayyor bo‘lib, ongli ravishda, o‘ziga ishongan, yurish-turishini boshqarishi va stress faktorlar ta’siriga bardosh bera oladigan insonlar bo‘lishi lozim. Shunday insonlar borki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, ekstremal holatlarida odamlarni qutqarishda dadillik bilan ruhini tushirmasdan harakat qiladilar.
- Psixologik tayyorlanmagan, chiniqmagan insonlarni ayrimlarida, qo‘rquv tuyg‘usi va xavfli joylardan qochib ketishga intilish paydo bo‘ladi, boshqalarida esa psixologik shokdan qotib qolish kuzatiladi, fikrlash jarayoni butunlay buziladi.
- Asablanish jarayoni (qo‘zg‘alish yoki tormozlanish) turli xilda namoyon bo‘ladi. Shunday hodisalar bo‘ladiki qattiq qo‘rquvdan yurak-tomir sistemasi buzilishi sababli nobud bo‘lganlar ham bor. Tabiiy ofatlarni bartaraf etishda ruhiy tushkunlikka tushgan odamlarni ham ko‘rish mumkin, ular uzoq vaqt davomida vayron bo‘lgan joylarda maqsadsiz sandiraqlab yurish i mumkin. Insonlarni shu holatiga tushib qolishini sabablari quyidagicha: xavfsizlikni to‘satdan yuzaga kelishi, uni kelib chiqish sababini bilmasligi va tabiiy ofatni yoki avariyani yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bilmaslik, shu sharoitda o‘zini tutish qoidalarini, tajribasi va malakasi bo‘lmasligi, ma’naviy-psixologik tayyorgarligini kamligi sabab bo‘ladi.

Yüklə 43,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə