1-maruza: Ergonomika fani tushunchasi, uning turlari va rivojlanishi. Ergonomika fanining xuquqiy asoslari va mexnatni muxofaza qilish


Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari



Yüklə 43,71 Kb.
səhifə2/14
tarix10.04.2023
ölçüsü43,71 Kb.
#104852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
эргономика умк

2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari
Xavf-xatar deganda, odam sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o‘z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatga to‘g‘ri kelmaydigan elementlar tizimi, kimiyoviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi – bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to‘g‘risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo‘lib, hali to‘la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
- kelib chiqishi bo‘yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo‘ladi;
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turl arga bo‘linadi;
- salbiy oqibatlarning ro‘y berish vaqti bo‘yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo‘ladi;
- xavflar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi;
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko‘ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong‘inlar ko‘rinishida bo‘ladi;
- keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo‘linadi;
- namoyon bo‘lishi bo‘yicha maishiy, sport, yo‘l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo‘ladi;
- olamga ta’siri bo‘yicha o‘ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo‘ladi. Sust ta’sir deganda odamning o‘zi sababchi bo‘ladigan xavf tushuniladi.
Xavflar ro‘yxati – bu aniq bir tartiblar bo‘yicha qo‘yilgan nomlar, atamalardir (o‘zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug‘lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yon g‘in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob’ektda o‘tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob’ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi.Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo‘lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilishda xavflar ro‘yxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi.

Yüklə 43,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə