1-ma’ruza. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja



Yüklə 118 Kb.
səhifə4/7
tarix08.03.2023
ölçüsü118 Kb.
#102123
1   2   3   4   5   6   7
1 ma\'ruza matni Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

Zarar, ziyon (usherb)biror bir voqea, hodisa, harakat natijasida ob’yekt butunligining buzilishi yoki boshqa xususiyatlarining yomonlashuvida namoyon bo’luvchi ob’yekt holati o’zgarishi natijasi. Zarar – iqtisodiy va ijtimoiy yo’qotishlar (inson sog’lig’ining o’rtacha statistic ko’rsatkichdan chetga chiqishi, ya’ni kasallik yoki o’lim, me’yordagi xo’jalik faoliyati jarayoni buzilishi, mulkning u yoki bu turi yo’qotilishi, atrof muhit sharoiti yomonlashuvi va boshqalar. Zararni baholash uning kattaligini aslicha yoki pul ko’rinishida aniqlashga asoslanadi.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy aksiomalari
Mutloq xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak, har qanday (faoliyat) bo‘lmasin - unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu potensial xavf to‘g‘risidagi aksioma bo‘lib “Hayot faoliyati xavfsizligi”da g‘oyat katta metodologik ahamiyatga ega.
Bunday aksiomalardan yana bir nechtasini keltirib o‘tishimiz mumkin:
Aksioma 1. Texnosferalardagi modda, energiya va axborotning kundalik oqimi chegara qiymatlaridan oshsa, texnogen xavflar mavjud bo‘ladi.
Aksioma 2. Texnogen xavflarning manbalari texnosferaning elementlari hisoblanadi.
Aksioma 3. Texnogen xavf vaqt va makon (fazo) ichida harakat qiladi.
Aksioma 4. Texnogen xavflar bir vaqtning o‘zida odamlarga, tabiiy muhitga va texnosfera elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aksioma 5. Texnogen xavflar odamlar salomatligini yomonlashtiradi, shikastlanishga olib keladi, moddiy yo‘qotishlarga va tabiiy muhitning tanazzuliga olib keladi.
Aksioma 6. Texnogen xavf-xatarlardan himoya qilish xavfli manbalarni takomillashtirish, xavf manbai va himoya qilish ob’ekti orasidagi masofani oshirish, himoya choralaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.
Aksioma 7. Hayot faoliyati jarayonida qulaylik ko‘rsatkichlari inson faoliyati va dam olishlari bilan o‘zaro bog‘liq.
Aksioma 8. Xavf dunyosidagi va ularni himoya qilish bo‘yicha odamlarning kompetentligi hayot faoliyati xavfsizligiga erishish uchun zaruriy shartdir.

Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə