1-ma’ruza. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja


Xavflar identifikatsiyasi



Yüklə 118 Kb.
səhifə7/7
tarix08.03.2023
ölçüsü118 Kb.
#102123
1   2   3   4   5   6   7
1 ma\'ruza matni Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

Xavflar identifikatsiyasi.
Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan. dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identifikatsiyasida har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.
Xavflarni identifikatsiya qilishda xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Xavf-sabab- oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ular ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi nima?
2. HFX fanining qanday vazifalari mavjud?
3. HFX fani tuzilish jihatdan qanfay bo‘limlardan tashkil topgan?
4. HFX fanining qanday asosiy tushunchalarini bilasiz?
5. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa nima? Misollar keltiring.
6. Mehnatni muhofaza qilish nima?
7. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omili nima? Misollar keltiring.
8. Favqulodda vaziyat tushunchasi? Misollar keltiring.
9. HFX fanining asosiy aksiomalaridan qaysi birlarini bilasiz?
10. Xavflarning turlari qanday tasniflanadi? Misollar keltiring.
11. Xavflarni o‘rganish tartibi qanday?
12. Xavflarning taksonomiyasi nima?
13. Xavflarning nomenklaturasi qanday tuziladi?
14. Xavflar kvantifikatsiyasi nima?
15. Xavflar identifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?


Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə