1-ma’ruza. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari



Yüklə 118 Kb.
səhifə2/7
tarix08.03.2023
ölçüsü118 Kb.
#102123
1   2   3   4   5   6   7
1 ma\'ruza matni Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari
Insonning faol harakatlari yig‘indisi - faoliyat tushunchasini bildiradi. Mehnat esa inson faoliyatining eng oliy shaklidir. SHuning uchun faoliyat ham, mehnat ham bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham bo‘lmaydi.
Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir.
Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayot faoliyatiga tahdid, moddiy va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar. Xavf – shaxsga, jamiyatga va davlatga moddiy, jismoniy va ruhiy (ma’naviy) zarar, ziyon yetkazish ehtimoli. Xavf – hayotiy faoliyat sharoiti va me’yoriy iqtisodiy faoliyat jarayonining buzilishi yoki tabiiy muhit sifatining yomonlashishi bilan moddiy yoki ijtimoiy zarar yetishiga sabab bo’lgan, inson sog’lig’i, atrof muhit uchun bir yoki birgalikda bir nechta salbiy oqibatlarga olib kela oladigan sharoitlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan jarayon, hususiyat yoki atrof muhit holati. Xavf-xatar favqulodda vaziyat manbai hisoblanib, muayyan sharoitda favqulodda vaziyatni keltirib chiqaradi.
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.
Avariyaaniq bir hududyoki ob’yektda odamlarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga tahdidni yuzaga keltiruvchi va binolarning, inshoatlarning, asbob-uskunalarning va transport vositalarining shikastlanishiga, ishlab chiqarish va yuk tashish jarayinining buzilishiga odamlar sog‘lig‘iga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli texnogen xodisa. Avariya - qandaydir mexanizm, mashina, qurilmalar, inshootlar va shu kabilarning ish vazifasini bajarish, harakatlanish vaqtida kutilmaganda ishdan chiqishi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi.

Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə