1-ma’ruza. Informatika va axborot olami. (2 soat) Reja


Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar



Yüklə 41,48 Kb.
səhifə2/4
tarix20.09.2023
ölçüsü41,48 Kb.
#122641
1   2   3   4
1-ma\'ruza Informatika va axborot olami

Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar
Ko'z uchun:
Mashqlar o'tirgan yoki turgan holda kompyuter ekraniga qaramasdan bajariladi.
1—4 hisobda ko'z mushak-larini tarang tortib, ko'zni yuming, 1—6 hisobda ko'z mushaklarini bo'sh qo'ying, ko'zni oching (4—5 marta takrorlanadi).
1—4 hisobda burun uchiga qarab turing. Bunda ko'zni char-chashgacha olib kelmang, ko'zni yuming. So'ngra 1—6 hisobda ko'zni ochib, uzoqqa tikiling (4—5 marta takrorlanadi).
1—4 hisobda boshni burmasdan o'ngga qarab turing. 1—6 hisobda to'g'riga uzoq masofaga qarang. Bu mashq ko'zni yuqoriga, pastga va chapga qaragan holda takrorlanadi. 1—6 hisobda qarashni diagonal bo'yicha o'ng yuqori burchakka, o'ng past burchakka, so'ngra 1—6 hisobda chap yuqori burchakka, chap past burchakka o'tkazib, so'ngra uzoqqa qarang (3—4 marta takrorlanadi).
Tana uchun:
Jismoniy mashqlar harakatlanish qobiliyatida, asab, yurak, qon-tomir, nafas olish va mushak sistemalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, umumiy charchoqni bartaraf etadi, aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi.
1) 20-30 sekund turgan joyda o'rta sur'atda yurish.
Dastlabki holat — qo'llar yonda, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. 1- hisobda qo'llar oldinda, kaftlar pastga qaratiladi. 2-hisobda qo'llar yonga, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 3- hisobda oyoq uchida turiladi, qo'llarini yuqoriga qilib engashiladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi (sekin sur'atda 4-6 marta takrorlanadi).
Dastlabki holat — qo'llar orqaga, oyoqlar yelka kengligida tik turiladi. 1- hisobda tana o'ngga buriladi. 2-hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 3- hisobda qo'llarni atrofga yoyib oldinga egilinadi, bosh orqaga ko'tariladi. 4- hisobda dastlabki holatga qaytiladi. 5—8 hisobda xuddi shuning o'zi boshqa yo'nalishda bajariladi (sekin sur'atda 4—6 marta takrorlanadi).


Informatika — (nemischa: Informatik, fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science - komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada))

Yüklə 41,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə