1-ma’ruza. Informatika va axborot olami. (2 soat) Reja



Yüklə 41,48 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü41,48 Kb.
#122641
  1   2   3   4
1-ma\'ruza Informatika va axborot olami


1-ma’ruza. Informatika va axborot olami. (2 soat)
Reja:

  1. Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablari.

  2. Informatika fani haqida.

  3. Axborot va raqamli texnologiyalar.

  4. Axborotni kodlash. Axborot o‘lshov birliklari.

  5. Kompyuter texnologiyalari.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:

  1. kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;

  2. kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;

  3. qurilmalardagi murvatlarni burash;

  4. monitorga qo'l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish;

  5. q urilmalarning ulanish joylariga tegish;

  6. kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;

  7. qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;

  8. xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;

  9. kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;

  10. kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;

  11. qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;

  12. ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.



Sanitariya gigiyena talablari
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shun-ga ko'ra, kompyuterdan foy-dalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.

  • O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qamashtirmaydigan bo'lishi kerak.

  • Xonadagi havo harorati o'rtacha 20—24 daraja oralig'ida bo'lishi lozim.

  • V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25—30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.

  • O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50—60 sm narida o'tirishi kerak.

Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2—3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

Yüklə 41,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə