1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


IV. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə10/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

IV. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va
uning asosiy shartlari

Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish (lotincha optimus - eng ma’qul) - eng qulay, eng ma’qul degan ma’noni bildirib, keng ma’noda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni hal etishning eng qulay, eng ma’qul, to‘g‘ri variantlarini tanlash demakdir.


Ma’lum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda tanlash va amalga oshirish deganidir.
Optimallashtirishda boshlang‘ich holatdan qaror qabul qilingungacha bo‘lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab chiqish.
2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini, zarurligini anglab etish.

  1. Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash.

  2. Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha qisqartirish.

  3. Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash.

  4. Eng ma’qul variantni optimallashtirish mezoni nuqtai nazardan tanlash.

Lekin eng maqbul variantni tanlash o‘qituvchidan fikrlashning muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi.
Ta’lim jarayonini optimallashtirishda uning mezoni faoliyatni to‘g‘ri baholashga yordam beradi.
O‘quvchi u yoki bu materialni o‘zining maksimal darajadagi imkoniyati doirasida o‘zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin bo‘lgan imkoniyat). Bu esa, o‘z o‘rnida, o‘qitishni optimallashtirish uchun o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini o‘rganishni talab etadi.
Real o‘quv imkoniyatlari ichki (sog‘liq, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, o‘qishga munosabat, mas’uliyat hissi) va tashqi (oila, tengdoshlar, jamiyat ta’siri) sharoitlarning o‘zaro uzviyligida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi bolaning bugungi real o‘quv imkoniyatlarini bilishigina emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, ya’ni yaqin rivojlanish imkoniyatlarini anglab etishi ham zarur bo‘ladi.
Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko‘ra, o‘quvchi shunday o‘zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to‘g‘ri kelsin.
Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o‘quvchi va o‘qituvchi dars va uy mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal qilsinlar.
Tarbiyada birinchi mezon erishilgan natijaning qo‘yilgan maqsad va vazifalarga to‘g‘ri kelishida ifodalanadi.
Ikkinchi mezon tarbiyachining tarbiyalanuvchi uchun ajratilgan me’yorlarga qat’iy amal qilishida ko‘rinadi.
O‘qituvchi amaliy faoliyatidagi pedagogik jarayonlarning asosiy komponentlarini optimallashtirish usullari tizimi quyidagicha:


  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə