1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ta’lim mazmuning mohiyati va uning tarixiy tasnifi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə8/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ta’lim mazmuning mohiyati va uning tarixiy tasnifi. Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.
Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan:
- ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;
- ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;
- o‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;
har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;
- ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;
- maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;
- ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni engib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;
- ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.
Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.
2. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni tushunchasining asosiy g‘oyalari.
Ta’lim muassasalaridagi o‘qitish mazmuniga qo‘yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Milliy o‘quv dasturi” da yozilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g‘oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differentsiallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga e’tibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. Shuning bilan birga o‘quvchilarning o‘quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rol o‘ynaydi.
Ta’lim mazmunini differentsiallashuvi – o‘quv tashkil etishdagi ikkinchi yetakchi g‘oya. Differentsiyallashuv – bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differentsiallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar, maktablar ochilgan.
Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g‘oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo‘yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Integrativ fanlar o‘quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda ulkan rol o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.
1. Pedagogik tizim. Pedagogik jarayon. Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi. Pedagogik o‘zaro ta’sir. Subyekt va obyekt o‘rtasidagi munosabatlar. Pedagogik jarayonning asosiy elementlari. Harakatlantiruvchi kuchlar

Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ko‘rinishdagi maktabgacha tarbiya, o‘rta umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o‘zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi.


Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi.
Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteriga, o‘zaro ta’sir kuchiga bog‘liq.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya ob’ekti bir vaqtning o‘zida tarbiya sub’ekti ham hisoblanadi. O‘zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi hamkorlik pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi.
Subyekt bilan obyekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar
mavjud: ..

  1. Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib
    turish).

  2. Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi
    faoliyat).

  3. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).

  4. Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari.

Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng ma’noda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
II. Yaxlit pedagogik jarayon. Uning qonuniyatlari

Ta’lim-tarbiya tizimida barcha maqsad va vazifalarni, shuningdek, uning tarkibiy qismlarini kompleks hal etishga yo‘naltirilgan jarayon yaxlit pedagogik jarayon sifatida qabul qilingan.


Yaxlit pedagogik jarayonning tashqi qonuniyatlari:

  1. Pedagogik jarayonning maqsadi nafaqat ta’lim va
    tarbiya vazifalarini qamrab oladi, balki pedagogni ham,
    o‘quvchi shaxsini ham har tomonlama barkamol qilib rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

  2. Yaxlit pedagogik jarayon, uning maqsad-vazifalari,
    mazmuni, shakl va metodlari jamiyatning ijtimoiy-
    iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi va u jamiyatning
    mafkurasi va siyosatiga bog‘liq.

  3. Pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari nafaqat
    shaxs ehtiyojiga, balki uning imkoniyatlariga ham bog‘liq
    bo‘lib, bu uning tashqi belgilaridir.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə