1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng ma’qul (ratsional) vazifalar kompleksini tanlaydi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng ma’qul (ratsional) vazifalar kompleksini tanlaydi.

  • Ushbu sinf xususiyatidan kelib chiqib, vazifalarni aniqlashtiradi.

  • Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur mazmun tanlaydi.

  • Ushbu mazmunni amalga oshirish uchun eng maqbul metod, shakl va vositalar tanlaydi.

  • Tezkor tarzda jarayonga o‘zgartirishlar kiritadi va unga ko‘ra metod, shakl va vositalarni o‘zgartiradi.

  • Qilingan ishlar chuqur va har tomonlama tahlil eti-
    ladi (natija va vaqt nuqtai nazaridan).


    3. Ta’lim mazmunini belgilaydigan hujjatlar. Ta’lim mazmuni normativ hujjatlar: o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklarda ko‘rsatilgan.
    O‘quv rejasi: davlat hujjatidir. O‘quv rejasi barcha ta’lim muassasalarida so‘zsiz amal qilinishi lozim bo‘lgan davlat hujjatidir.
    O‘quv rejasi tegishli ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
    O‘quv rejasida:
    - o‘quv yilining boshlanishi va tugash vaqti, beriladigan ta’tillarning kuni, ta’lim muassasasida o‘tilishi kerak bo‘lgan fanlarning tizimi;
    - o‘rganilayotgan fanlarning ro‘yxati va bo‘linishi (taqsim qilinishi);
    - fanlarning asosiy va fakultativlarga bo‘linishi;
    - har bir sinfda o‘quv fanlarini o‘rganishda haftalik va yillik taqsim qilinishi soati ko‘rsatilgan bo‘ladi.
    O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida har bir o‘quv fani uchun tuziladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanini o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan hujjatdir.
    O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi o‘quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ta’lim mavzular orqali ko‘rsatiladi.
    Ma’lum mavzu yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar qsqacha ifodalab beriladi.
    O‘quv dasturi uch qismga bo‘linadi:
    - tushuntirish xati (o‘rganilayotgan fanning) maqsad va vazifalari;
    - mazmuniy (asosiy) qism;
    - bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashda metodik ko‘rsatma, ta’limning ko‘rsatmali va texnik vositalari soni, tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati;
    Darslik – o‘quv adabiyotlarining asosiy turi. Unda fan va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasi, aniq sohadagi bilimlar asosida tizimli ravishda bayon etiladi.
    Darslik ta’lim asosiy maqsad va vazifalariga, aniq yoshdagi ijtimoiy guruhning rivojlanishiga va tarbiyalanishiga javob beradi.
    Darslik o‘quvchilarning ikkinchi “muallimi”. CHunki u avvalo o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
    Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
    Darslik bilan bir qatorda ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qo‘llanmalari tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, atlaslar, xrestomatiyalar, lug‘at kitoblari va hokazolar.

    Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə