1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ta’lim mazmunining fundamentalligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə20/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

5. Ta’lim mazmunining fundamentalligi ta’limni insonparvar g‘oyalarga ega bo‘lishini ta’minlashgi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etish va amaliy faoliyat metodologiyasi mohiyatini anglab etishlariga tayanishni talab etadi.
6. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi ta’lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi, bunda, eng avvalo, har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
7. Ta’limning mazmuni muntazamligi o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalarning yagona tizimdagi o‘rni, o‘rta maxsus ta’limga oid o‘quv kurslari mazmunan bir-biriga mosligi, umuminsoniy, milliy madaniyat tizimiga kiruvchi tizim ekanligida ko‘rinadi.
8. Ta’lim mazmunining o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mosligi o‘quvchilarning yosh darajasi va tayyorgarligini ko‘zda tutadi. Ularga o‘zlashtirish uchun turli yo‘nalishlarda BKM tizimi taklif etiladi.

Boshlang‘ich ta’limi mazmunini shakllantirishda ushbu tamoyillarni tanlab olish quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi: erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish; ilmiy va amaliy ahamiyati; ta’lim mazmunining murakkabligi, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi; ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi; umumiy o‘rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga olish.


Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ilmiy pedagogik adabiyotlarda ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi ko‘rsatiladi: 1) umumiy nazariy bosqich; 2) o‘quv bosqichi; 3) o‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi (ta’lim mazmunining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar kabi me’yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topishi).
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari mazmunida namoyon bo‘ladi.

Ўқув режаси меъёрий ҳужжат бўлиб, унда ҳар бир ўқув предметининг
мазмуни очиб берилади ва ўқув йилида ўзлаштирилиши зарур бўлган
билим, кўникма ва малакалар ҳажми
кўрсатиб берилади

O‘quv rejasida quyidagilar belgilanadi: o‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi; ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi; o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash; har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi; har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi; praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.


O‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha fakultativ va majburiy mashg‘ulotlar aks ettiriladi.
O‘quv rejalari bir necha turda bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə