1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə39/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Chang bostirish usuli



Namuna olish joyi

Changning o‘rtacha konsentratsiyasi, mg/m3

Chang bostirilmaganda

Ish maydonchasida ……..
Stanok mashinisti kabinasida ………………..

192,8

56,2


Havo­suv aralashmasi

Ish mayonchasida, stanok ….. mashinisti kabinasida ………

4,9
2,4

Havo­emulsiya aralashmasi

Ish maydonchasida …., stanok mashinasi kabinasida
……….

1,8
0,8
Havo­suv aralashmasi bilan changni bostirish usuli yuqori samaradorlikka ega bo‘lsa­da, ba’zi bir kamchiliklardan ham xo­ li emas. Masalan, doloto o‘tmaslanishini tezlatadi, qish faslida suvdan foydalanish imkoniyatini pasaytiradi, skvajina og‘zining buzilishiga olib kelishi mumkin va hSharoshkali va zarba­aylanma burg‘ilash stanoklarini eksplu­ atatsiya qilish davomida ko‘plab bir, ikki, uch va to‘rt bosqichli chang bostiruvchi qurilmalar yaratilgan. Bu qurilmalar skvajina og‘zidan changlangan havoni so‘rib olish uzelidagi (o‘ramadagi) chang tutish apparatlari, ventilator va havo haydash tizimidan tashkil topadi. k.

.Quruq va ho‘l chang bostirish usullarida chang tutish quril­ malaridan ham foydalaniladi. Bunda burg‘ilash quyqasi chang yig‘­ gich orqali o‘lchami 1,0×1,5×2,8 m bo‘lgan cho‘ktirish kamerasiga tushadi. Yirik zarralardan tozalangan havo diametri 0,45 m ga teng bug‘ gidrosikloni va filtrlash maydoni 50 m2 bo‘lgan matoli yeng­ simon filtrga o‘tadi. Bunday qurilmadan foydalanganda chang­ lanish intensivligi 10 barabar pasayib, havoning changdorligi 0,6–6,9 mg/m3 gacha kamayadi. Chang tutish qurilmalarini tako­ millashtirish yo‘nalishlaridan biri (burg‘ilash stanoklari uchun) ko‘p qatlamli matoga teskari yo‘nalishda uzlukli yoki struyali puflash usullarini qo‘llashdan iborat (3.2­ rasm). Bu qurilma qo‘llanganda tizimning turg‘un aerodinamik qarshiligiga ega bo‘lgan, tarkibida 20 mg/m3 gacha qoldiq changli chiqish havosining matoga beradigan bosimi 3 martagacha ko‘payishi mumkin.



3.2- rasm. Sharoshkali burg‘ilash stanoklari uchun chang tutish qurilmasi konstruksiyasining sxemasi: 1 – markazdan qochirish qurilmasi; 2 – chang qabul qilish kamerasi; 3 – shnek; 4 – siklon batareyasi; 5 – havo yig‘gich; 6 – elektromagnit ventili; 7 – chiqarish trubkasi; 8 – ventilator; 9 – yengsimon filtr; 10 – puflash qurilmasi; 11 – elektr dvigateli reduktori bilan.
Bu qurilma burg‘ilash kukunidagi yirik changlarni cho‘ktirish (o‘tqazish) uchun chang qabul qilish separatori, yirik chang zarrachalarini tutib qolish uchun QN­5 rusumli 8 ta siklonlar batareyasi va havoni mayda chang zarrachalarini tozalash uchun matoli yengsimon filtrdan tashkil topgan bo‘ladi.
Yengsimon matoli filtr – filtrlash maydoni 18 m2, uzunligi 2 m va diametri 0,35 m bo‘lgan 8 ta yengdan iborat bo‘lib, mato­ ning regenatsiyasi siqiq havoning teskari oqimi yo‘nalishida hara­ katlanishi mobaynida, avtomatik ravishda sodir bo‘ladi. Ushbu qurilmani ishlab chiqarish sharoitida sinab ko‘rilganda havoni changdan tozalash darajasi 99,5 % ni tashkil qilgan.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə