1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


Karyerdan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə38/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Karyerdan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash




Qazishdan bo‘shagan maydondagi zararli aralashmalarni karyerdan chiqarib tashlashga maxsus aspiratsion tizimlar barpo qilish, karyerni tabiiy va sun’iy shamollatish orqali erishish mumkin.
Maxsus aspiratsion tizimlar zararli moddalarni hosil bo‘lgan joyidan so‘rib olib, keyin ularni qazishdan bo‘shagan maydon tashqarisiga chiqarib tashlaydi. Zararli moddalarni chiqarib tash­ lash ularning tarqalishiga qo‘yiladigan talablar va ruxsat etilgan konsentratsiyasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Karyerlarni tabiiy shamollatishda shamol va termik energiya kuchlaridan foydalaniladi. Bu kuchlarning ta’siri odamlarning ular­ ga bo‘lgan munosabatiga nisbatan kuchli va kuchsiz bo‘lishi mum­ kin. Masalan, qazishdan bo‘shagan maydon atmosferasiga shamol­ ning ta’siri kuchli bo‘lgani uchun qoplama jins ag‘darmalarini karyer yer yuzi konturidan uzoqqa joylashtirish, karyer bortlariga havo oqimi og‘ish profiliga mos keladigan shakl berish talab etiladi. Karyerni sun’iy shamollatishda zararli moddalarni turli qurilma­ lar, inshootlar yordamida karyerdan chiqarib tashlanadi. Bu ishni mustaqil sun’iy shamollatish, mustaqil yoki tabiiy shamollatish, chang tutish va chang bostirishlar bilan birgalikda amalga oshirish mumkin. Ochiq usulda konlarni qazib olishning rivojlanishi karyerlarda bajariladigan barcha jarayonlarni (asosiy va yordamchi) to‘la me­ xanizatsiyalash va avtomatlashtirish asosida amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, kon­transport uskunalarining, burg‘ilash stanok­ larining kabinalarida ishlaydigan ishchilar sonining oshib borishiga olib keladi.
Kabinalarda turli omillar ta’sirida atrof­muhit atmosferasidan farq qiladigan mikroiqlim hosil bo‘ladi. Bu iqlim issiqlik parametr­ lariga nisbatan keskin namoyon bo‘ladi. Shu sababli kabinalarda konditsioner yordamida odamlar uchun qulay (maqbul) havo mu­ hiti – mikroiqlim hosil qilinadi.
Konditsionerlar havoni chang va zarrali gazlardan tozalaydi. Shuningdek, kabinalarda havoning harorati, namligi va tezligining maqbul parametrlarini saqlab turadi. Karyerda portlatish skvajinalarini burg‘ilashda qo‘llanadigan burg‘ilash usullarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: mexanik va termik. Sharoshkali va zarba­aylanma prinsipda ishlaydigan stanoklar mexanik guruhga tegishli.
Mexanik usulda kon jinslarini yemiruvchi burg‘ilash stanoklari ishlayotganda karyer atmosferasiga ajralib chiqadigan changni kamaytirish uchun burg‘ilashni maxsus dolotolar bilan olib borish, samarali changni tutib oluvchi qurilmalarni yaratish (gravitatsion, inersion, suyuqlikli va g‘ovakdor changtutgichlardan tashkil top­ gan) va ho‘llovchi chang bostirish usullari (suv, aeratsiyalangan eritmalar, suv­havo aralashmasi va ko‘pik) kabi boshqa omillardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda sharoshkali stanoklar bilan burg‘ilashda ho‘l chang bostirish usuli va chang tutish qurilmalarini qo‘llash asosida karyer atmosferasiga chang ajralib chiqishini kamaytirish changga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Stanoklardagi havo­suv aralashmasi siqilgan havo oqimiga suv yuborilganda suvni mayda tomchilarga parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi (3.1­rasm).
Suv bilan ho‘llangan chang zarrachalari og‘irlik kuchi siqib havo oqimidan ajralib chiqib, skvajinadan ma’lum masofada pog‘ona ustki maydoniga o‘tiradi.


rasm. SBSH­250 stanoklarida havo­suv aralashmasi bilan chang bostirish­ ning prinsipial sxemasi: 1 – nasos; 2 – kompressordan kelayotgan siqiq havo; 3 – ventilator; 4 – nasos; 5 suv baki; 6 – elektr qizdirgich.

Chang bostirishga sarflanadigan suv qs(kg/m) yoki qb(kg/s) quyidagi ifodalardan biri orqali aniqlanadi:


d 2  bn (l  t )
qs 4100 ;
 vb d 2   (   )


bunda ds – skvajina diametri, m; γb · n – burg‘ilanadigan jins zichligi,

l
kg/m3; ω – burg‘ilash kukunining yopishqoqligini hisobga olin­
gandagi optimal namligi, %; ωt – burg‘ilanadigan jinsning tabiiy namligi, %; νb – skvajinani burg‘ilash tezligi, m/s.
Suvning ho‘llash xususiyatini oshirish uchun unga suv sathi
tarangligini kamaytirib, uning ho‘llovchanlik xususiyatini yax­ shilash hisobiga zarrachalarning yoyilishini ta’minlovchi moddalar qo‘shiladi. Bu esa havo tarkibidagi chang konsentratsiyasini kamay­ tiradi (3.1­ jadval).


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə