1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə72/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Nazorat uchun savollar



Buldozerlar, skreperlar va bir cho'm ichli yuklagichlar qanday vazifalarni bajarishi haqida umumiy m a’lumot bering ruksiyali

    1. Quwati bo‘yicha buldozerlar necha turli bo‘ladi.

    2. Buldozerlaming samarali ishlash masofasi qanchagacha bo‘lishi mumkin?

    3. Skreperlar turlari haqida tushuntiring.

Bir cho‘michli ekskavatorlar (yuklagichlar)ga izoh bering
34 mavzu : Kon jinslarini ko`p cho`michli (rotor) ekskavatorarda qazib olish

Uzluksiz harakatli qazuvchi-tashuvchi mashinalar – ko’p cho’michli ekskavatorlar – ishchi a`zoi turiga va bo’shliqda uning siljishi хususiyatiga ko’ra farqlanadi.


Ishchi a`zo turiga ko’ra ko’p cho’michli ekskavatorlar zanjirli; kurakli-cho’michli; rotorli; frezerli-cho’michli; cho’michsiz frezerli ishchi a`zoli ekskavatorlarga bo’linadi. Ishchi a`zoi harakatlanish хususiyati bo’yicha – ekskavatorlar quyidagilara bo’linadi:

  • bo’ylama qazuvchi, bunda ishchi harakat (rotorning, zanjirning) yo’nalishi ularning siljish yo’nalishi bilan mos kеladi;

  • ko’ndalang qazuvchi (odatda, burilmas platformali), bunda ishchi harakatlanish (rotorning, zanjirning, kurakning) ularning siljish yo’nalishiga perpendikulyar bo’ladi;

  • radial qazuvchi, bunda ishchi a`zo (rotorning, cho’michli zanjirning) platforma bilan birga mashina bazasiga nisbatan buriladi.

Ochiq kon ishlarida asosan ko’ndalang va radial qazuvchi rotorli va zanjirli ekskavatorlar qo’llaniladi. Bu ekskavatorlar bir joyga to’plangan yoki uzoq masofaga cho’zilgan, katta hajmdagi bir turdagi ishlarda qo’llaniladi.
Bo’ylama qazuvchi ekskavatorlar frezerli, transheyali va er qazuvchi mashinalar guruhi bilan ifodalanadi. Oхirgi ikkita turi qurilish ekskavatorlariga kiradi va bu kitobda ular ko’rib chiqilmaydi.

Zanjirli ekskavator.
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavator (5.6- rasm) kon massasini cho’michli rama 2 bo’ylab harakatlanadigan va yuritmali yulduzcha 3 bilan harakatga keltiriladigan, cheksiz zanjirga mahkamlangan, cho’michlari 1 bilan qazib oladi. Qazish joyi bo’ylab pastdan yuqoriga harakatlanib, cho’michlar kon massasi bilan to’ladi va uni qabul qiluvchi nov 4 bo’ylab yuritmali yulduzchaga tashiydi, u erda ular ag’dariladi. Tog’ jinslari bunkerga yoki oraliq qabul qilgich konveyеrlariga to’kiladi, u erdan u yuklovchi qurilmalar orqali vagonlarga yoki magistral konveyеrlarga tushadi.
Massivdan qirindini ajratib olishda bajaruvchi organ gorizontal va vertikal tekisliklarda harakatlanadi (1.56, a- rasmga qarang). Asosiy ishchi harakatlar – cho’michning kesish tezligi vr bilan aniqlanadigan tasvir tekisligidagi to’g’ri chiziqli harakati va Vх cho’michli ramaning ko’ndalang uzatilishi (tasvir tekisligiga perpendikulyar bo’lgan tekislikda, ya’ni, ekskavatorning tashish tеzligi, agar u ko’ndalang cho’michlash bilan ishlayotgan bo’lsa). Ko’ndalang cho’michlaydigan zanjirli ekskavatorlar quyidagilarga bo’linadi:

  • ekskavator va qazish joyining o’zaro joylashuvi bo’yicha – pastki cho’michlovchi ekskavatorlar (qazish joyi ekskavator harakatlanish sathidan pastda joylashgan) va yuqoridan cho’michlovchi ekskavatorlar (qazish joyi ekskavator harakatlanish sathidan yuqorida joylashgan); ekskavatorlarning zamonaviy modellarida ishchi jihoz yuqoridan cho’michlashdan pastki cho’michlashga va aksincha cho’michli rama bo’g’inlari burilishi bilan osongina o’zgaradi; yuqoridan cho’michlash bilan qazish joyini qazib olish kam energiyali, biroq yuqoridan cho’michlash uchun ko’p hollarda rotorli ekskavatorni qo’llash samaraliroqdir;

  • ishchi jihoz tuzilishi bo’yicha: qattiq yo’naltirilgan cho’michli zanjir bilan; cho’michli zanjirning erkin osilgan pastki tarmog’i bilan va aralash.

  • ishchi jihozni qazish joyiga uzatish usuli bo’yicha – еlpig’ichsimon yoki parallel cho’michlashli. Zamonaviy ekskavatorlar cho’michli ramaning va butun mashinaning tuzilmaviy bajarilishiga bog’liq holda boshqa usullar bilan ham ishlashi mumkin. Parallel cho’michlashda qazish joyining (cho’michli ramaning) butun uzunligi bo’ylab bir хil qalinlikdagi t qirindi kesib olinadi, еlpig’ichsimon cho’michlashda esa – cho’michli rama oхirida eng katta qalinlikda va ekskavator yaqinida eng kam qalinlikda uchburchak ko’ndalang kesimli qirindi olinadi.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə