1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə80/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Karyer transporti - bu kayjoydan qazib olingan kon massasini qabul qilish (boyitish fabrikasi qoplama jins ag'darmasi va hokazo) punktlargacha tashib beradigan vositalar majmuyidir. Bu vositalar

karyerlardagi texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‘lovchi bo‘g‘in bo ‘lib, ko‘p m ehnat va xarajatlar sarfini talab qiladi. Foydali qazilmani qazib olish uchun sarflangan xarajatlaming 45-50 %, ayrim hollarda 65-70% transport xarajatlarini tashkil etadi. Karyer transportida «yuk aylanmasi* va «yuk potogi» degan iboralar ishlatiladi.


Yuk aylanniasi deganda vaqt birligi ichida tashilishi lozim bo‘lgan
foydali qazilma yoki qoplama jins hajmi (t yoki m 3) tushuniladi. Yuk potogi - bu karyer maydoni chcgaralarida (hududida) yuk tashish yo'nalishlari demakdir. Ochiq kon ishlarida barcha turdagi transport vositalaridan foydalaniladi. Karrlarda temiryo1!, avtomobil va konveyer transportlari keng qo'llaniladi. Ski pli ko'tarish qurilmalari, sim arqon - osma yo'llar, gidravlik trans­ port, aviatraasport kabi transport vositalaridan kam foydalaniladi. Harakatlanish prinsipiga ko'ra transport vositalari siklli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo'linadi. Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to'kish punktlarigacha), yukni to'kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o'rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig'indisidan tashkil topadi. Siklli transporda (tem iryo‘1, avtom obil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to'kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo'ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar
bir vaqtda, parallel bajariladi.
Karyer transportining asosiy turlari. Karyerlarda kon massasi va xo'jalik-texnik yuklarni tashish uchun turli transport vosita­ laridan foydalaniladi. Temiryo‘1, avtomabil va konveyer ularning asosiylari hisobnlanadi.
Muayyan sharoitlar uchun maqbul transport vositasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari, qazib olina­ digan jinslarning fizik-texnik va kimyoviy xossalari, foydali qazilmaning yotish sharoitlari, kon hududining iqlimi, yuk aylanmasi miqdori va tashish masofasi, yuklash uskunalarining rusumi va parametrlari, karyerning ishlash muddati va boshqalar. Turli karyer transporti vositalaridan foydalanish samaradorligi
ularning texnik va texnologik parametrlari hamda konning kon- texnik yotish sharoitlariga bogliq bo‘ladi.
Yillik yuk aylanmasi katta (25 mln t va undan ham ko‘p) va tashish masofasi uzoq (4 km va undan ham ko ‘p) bo'lgan karyerlarda temiryo41transportidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tem iryo‘1 transporti boshqa karyer transporti ko'rinishlariga nisbatan quyidagi afealliklaiga ega: energiya sarfining kamligi, har qanday tashish masofasida ham istalgan hajmdagi yuk aylanmasini tashish imkoniyatiga ega ekanligi, avtomatik boshqarish tizimidan foydalanish mumkinligi, har qanday iqlim va kon-texnik sharoitlardagi konlarda ishonchli ishlashi, avtomobil va konveyer transportiga nisbatan 1 t km yuk tashishga sarflanadigan xarajatlarni 4-6 barobar kam bo‘lishi va hokazo. Biroq, boshqa transport vositalariga nisbatan temiryo‘1transporti katta burilish radiusi (100-200 m ), qazish fronti uzun bo'lishi (kamida 600 m) va temiryo‘1ko‘tarilish balandligini 40-60 %odan oshm asligini talab etadi. Bu esa, o ‘z navbatida. karyer
o ‘lchamlarini (uzunligi va kengligi) katta bo‘lishi va kon-kapital ishlar hajmining ko‘p bo'lishiga olib keladi.
Avtomobil transporti, asosan yuk aylanmasi kichikroq bo ‘lgan (15-20 m ln tonna/yil) karyerlarda qo‘llaniladi. Tashish masofasi esa 4-5 km dan oshmasligi kerak.
Yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo'lgan (75-180 tonna va undan ham ortiq) avtoag‘dargichlardan foydalanish tufayli yuk aylanmasi 50-60 mln tonna/yil bo‘lgan karyerlarda ham avtotransportdan foydalanish im koniyati yaratilgan. Avtotransport tem iryo 41 transportiga nisbatan qator afzalliklarga ega. Avtomobil yo‘li trassasining ko'tarilish balandligi temiryo'Iga nisbatan ancha katta (80-100%o) va trassa konstruksiyasi sodda, avtotransport har qanday o'zgarishlarga tez moslasha oladi va manevrchan bo‘ladi; kon-kapital ishlarini olib borish intensivligini ta ’minlaydi.
Tashish masofasining o'sishi natijasida avtotransport samara­ dorligi keskin kamayishi, avtotransport qo'llanishining iqlimiy sharoitiga bog'liqligi, yuk ko'tarish qobiliyati katta bo‘lgan avtoag'dargichlar narxining balandligi va ularni ekspluatatsiya
qilishda joriy xarajatlaming yuqori bo'lishi avtotransportning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Karyerda yumshoq va yaxshi maydalangan (bo'laklarning maksimal o'lcham i 400 m m gacha bo'lgan) kon massasini ta- shishda lentali konveyrlardan keng foydalaniladi. Chunki konveyr transportining boshqa transport vositalariga nisbatan yuk tashish qiyaligi katta (18-25° gacha) bo'lishi. shuningdek. tashish jarayonlari uzluksizligi, ularni to 'la m exanizatsiyalash va avtom atlashtirish im konyati mavjudligi konveyr transporti samaradorligi yuqori hamda qo'llanish doirasi keng bo'lishini ta ’minlaydi.
Konveyr transporti yuk aylanmasi 2 mln tonna/yil va tashish masofasi 4-6 km dan 10-15 km gacha bo'lgan karyerlarda qo'llanganda yuqori samaradoriikka erishiladi. Hozirgi vaqtda qattiq (qoyasimon) kon jinslarini ham (bo'laklar o'lcham i 1000 mm gacha bo'lgan) tashishga mo'ljallangan maxsus kanveyerlar ishlab chiqarilmoqda. Bu esa konveyer transporti samaradorligi yanada yuqori bo'lishi va qo'llash doirasini kengayishiga imkon yaratadi. Kon transporti shaxta, rudnik va karyerlarning sanoat transporti sifatida foydali qazilmani qazib olish texnologik jarayonining eng asosiy zvenolaridan biridir. Transport qurilmalari kon korxonalarida foydali qazilmalarni ish joyi (qazish joyi)dan yer osti yoki ochiq kon lahimlari bo‘ylab va undan keyin kon
tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo‘l vagonlariga yuklash punktigacha, tog‘ jinslarini esa ag‘darmagacha tashish uchun hizmat qiladi.
Kon korxonalarida qo‘llaniladigan barcha transport mashinalari harakatlanish usuli bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruhga uzluksiz ishlaydigan transport vositalari kiradi. Bunday qurilmalarda ish harakati uzliksiz bo‘lib, odatda, uzoq vaqt davomida o‘zgarmay qoladi.
Ikkinchi guruhga uzlukli (siklik) ishlaydigan transport vositalari kiradi. Ularda yuk tashish ma’lum harakat sikli bo‘yicha davriy ravishda amalga oshiriladi.
Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda ularni ishga tushurgandan keyin ish harakati avtomatik ravishda bajariladi. Uzlukli ishlaydigan qurilmalarda esa, odatda, harakatni boshqarish talab qilinadi.
Konveyer va skreper transporti, odatda, «etkazish», temir yo‘l transporti–«tashish», shaxtadan yuqoriga klet, platforma yoki skipda chiqarish transporti–« yuk ko‘tarish» deb ataladi.
Uzluksiz ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- barcha ko‘rinishdagi konveyerlar (kurakli, tasmali, plastinali, cho‘michli va x.k.);
- uzluksiz sim arqonli tashigich (vagonchalarda temir iz bo‘ylab);
- osma sim-arqon yo‘llari qurilmalari;
- pnevmatik va gidravlik transport qurilmalari;
- gravitatsion transport, ya’ni yukni yo‘naltiruvchi (nov, quvir va h.k) lar bo‘ylab og‘irlik kuchi hisobiga tashish qurilmalari.
Uzlukli ishlaydigan transport qurilmalariga quyidagilar kiradi:
- lokomotiv va avtomobil transporti;
- temir iz bo‘ylab o‘ziyurar tashigichlar va o‘ziyurar vagonchalar;
- skreper qurilmalari;
- temir iz bo‘ylab uchli sim arqon tashigichlar.
- o‘zi yurar yer osti mashinalari.
- yuklovchi-yetkazuvchi va yuklovchi-tranport mashinalari va h.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə