1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


KONCHILIK QAZISH KORXONASI FAOLIYATINI OLIB BORISHI TURI BO`YICHA TURLANISHI QUYIDAGICHA



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə81/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

KONCHILIK QAZISH KORXONASI FAOLIYATINI OLIB BORISHI TURI BO`YICHA TURLANISHI QUYIDAGICHA:



Konchilik mashinalari va
avtomatlashgan majmualari








Yer osti qazish ishlari konchilik mashinalari va avtomatlashgan majmualari


Geotexnologik qazish ishlari konchilik mashinalari va uskunalari



Ochiq konlar konchilik mashinalari va avtomatlashgan majmualari

Misol tariqasida 1.2–rasmda shaxtada ko‘mirning bir yo‘la uchta qiya qatlami qazib olinishidagi transport kon lahimlarining sxemasi keltirilgan. Lahimlarning nomi rasm osti yozuvlarida berilgan. Rasmda strelkalar bilan yuk oqimining yo‘nalishi ko‘rsatilgan.


Tashilayotgan yuklar – ko‘mir, ma’dan, kaliy tuzi va boshqa foydali qazilmalar – mayda (ba’zilarda–hatto Chang) va yirik bo‘laklardan tashkil topgan bo‘lib, oddiy material hisoblanadi. Ba’zi hollarda bitta kon korxonasining o‘zida foydali qazilmaning 2–3 va undan ko‘p turli yiriklikdagi navlari bir-biriga aralashtirilmasdan alohida tashiladi.

Nazorat uchun savollar




  1. Karyer transporti, unda qo'llanadigan transport vositalari, ularning qo'llanish sharoitlarini aytib bering.

  2. Karyer (razrez)da karyer transporti. yuk aylanmasi va yuk potogi so'zlarining lug'aviy ma'nosini tushuntiring.

  3. Karyer transportiiring asosiy turlari va ularning afzalliklari haqida m a’lumot bering.


40 Mavzu : Karyer transportining asosiy turlari.


Karyer transport mashinalari foydali qazilmalar va qoplama tog‘ jinslarini hamda karyerlardagi asosiy yuklarni tashishga mo’ljallangan.
Eng ko‘p keng qo‘llaniladigan transportlardan temir yo’l, avtomobil va konveyer transporti hamda ularning aralash qo‘llanishidir. Gidravlik transport, arqonli osma yo’lli transport, skipli ko’taruvchi qurilma, kabelli kranlar qo‘llaniladi.
Bundan tashqari transport uskunalariga yuklash, qayta yuklash, yukni bo‘shatishning mexaniklashtirishda ishlatiladigan jihozlar ham kiradi (pitatellar, meyorlovchilar, to‘xtatuvchi va boshqalar).
Yordamchi yuklar ya’ni jihozlar, qo‘shimcha qismlar, yoqilgi-moylovchi materiallar, portlovchi moddalar va boshqalar avtomobil yoki temir yo’l transporti orqali tashiladi.
Temir yo’l transportlari katta o’lchamdagi kon massivini tashishda rejalashtirish va hajm jihatidan yiliga 20 mln. t. dan 150 mln t. gacha, chuqurligi 250 m gacha va tashish masofasi 5-15 km gacha bo‘lgan karyerlar uchun mo’ljallangan.
Avtomobil transporti quyidagi karyerlarda keng qo‘llaniladi – kichik va o‘rta ishlab chiqarish kuchiga ega karyerlarda (yiliga yuk aylanmasi 15-20 mln. t.), tashish masofasi 1,3 – 3 km bo‘lgan katta karyerlarda (70-100 mln. t), tashish masofasi 5 km gacha bo‘lganda (ayrim hollarda undanda ko‘proq).
Konveyer transporlari keyingi paytda yumshoq tog‘ jinslarinidan (yilida yuk almashinishi 50-60 mln t va ko‘proq) tortib, qoyasimon tog‘ jinslarida (20-30 mln t yuk almashishinish) tashish masofasi 4-6 km (ayrim paytlarda 20 km) bo‘lgan karyerlarda samarali qo‘llanmoqda.
Har xil turdagi transportlarning samarali qo‘llanishi aniq ko‘zlangan va har biri aloxida hollarda (yoki kombinatsiyalashgan ko‘rinishda) transport turlari iqtisodiy samaradorligi va ekologik maqsadga muvofiqlik ko`zda tutilgan har xil yo’llar bilan aniqlanadi. Xizmatko`rsatishning soddaligiga karyerlarda bir xil turdagi transportning qo‘llanilishi bilan erishiladi lekin bu har doim ham samara bermaydi. Shu sababli qoplama tog‘ jinslarini tashishda bir turdagi transport tizimidan ko‘proq foydalaniladi, foydali qazilmalarni tashishda esa boshqa turlardan foydalaniladi. Bundan tashqari ishga tushirish sharoitiga muvofiq kon massasini yo`lning uzunligi bo‘ylab bir xil turdagi transport mashinalari bilangina tashish emas, balki qayta yuklash orqali ikki (xatto bir necha) turdagi transport mashinalari bilan tashish to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday xolda transport turi kombinatsiyalashgan (avtomobil-temir yo’l, avtomobil-konveyerli, avtomobil-skipli va b. k) bo’ladi.
Transport mashinalarini asosiy belgilariga, ya’ni harakatlanish toifasiga asosansinflarga bo‘lish mumkin. Bu toifagaasosan transport mashinalarini
- uzluksiz harakatlanuvchi;
-yukni uzluksiz oqim orqali yuklovchi;
-davriy aylanma harakatlanuvchi;
davriy aylanma harakatlanuvchi mashinalar deganda ishning aniq bir xil harakat ketma-ketligi ifodalangan ya’ni kon massasini mashinaga yuklash, yuk bilan harakatlanish,yukni bo‘shatish va yuklash joyigacha yuksiz harakatlanish (keyin barcha jarayon takrorlanadi) tushuniladi.
uzluksiz harakatlanuvchi mashinalarga konveyerlar (barcha tipi), gidravlik transport uskunalar, ayrim arqonli yo’l (kanatli yo’llar) turlari va boshqalar kiradi. Davriy aylanma harakatlanuvchi mashinalarga temir yo’l tarkibi, avtomobillar, skipli ko’taruvchi moslamalar, kabelli kranlar va boshqalar kiradi. Karyer transport mashinalari sanoat mashinalarigaqaraganda bir qator aloxida belgilarga ega.
Birinchidan, yuklash punktlari, ayrim paytda yukni bo‘shatish punktlari konchilik ishlari fronti izidan borib, o‘z holatini doimiy o‘zgartirib turadi. Bu holat transport kommunikatsayasini (temir yo’l izlari yoki avtomobil yo’llarini) yoki jihozlarni (konveyer qurilmasi va boshqalar) vaqti vaqti bilan ko’chirib turishni talab qiladi. Vaqtinchalik ko’chiriladigan kommunikatsiya va jihozlar barpo etish ushbu uchastkalardagi mashinalarga qo‘shimcha talablarni vujudga keltiradi.
Ikkinchidan, chuqur karyerlarda va tog‘ tizmali konlarda konchilik ishlarini olib borishda qiyalik yo’llarining mavjudligi, ma’lum transport turlarini talab etadi. Ya’ni tashilayotgan yukning og’irligi, harakatlanish tezligi va h.k.lar inobatga olinadi.
Uchinchidan, karyer transporti tog‘ jinslarini qazib olish va qayta ishlash yoki tog‘ jinslarini bir joyga yigish jarayolarining oraliq bo’g’imi hisoblanadi. Oldingi (qazish) va keyingi (qayta ishlash) texnologik jarayonlarning o’zaro tashkil etilishini va bog‘lanish parametrlarini aniqlaydi. Demak, aralash texnologik jarayonlar bir biriga to‘g‘ri keladigan va mos mexanizmlari bilan jihozlanishi kerak, ochiq konchilik ishlarini olib borish mexanizmlari sharoitga mos bo‘lishi va texnologik jihatdan qoniqtirishi kerak. Bu esa o`z navbatida ochiq kon ishlar mexanizatsiyasi bir butunligini qondirish maqsadida, aralash texnologik jarayonlar o`zaro bir biriga mos keladigan texnologik jihozlar bilan mexnizatsiyalangan bo’lishi kerakligini bildiradi. Undan tashqari, ayrim paytlarda konlarda transport vositalarini ishlash imkoniyatlari samarasini tashilayotgan yuk xususiyati va yo`l parametrlari aniqlab beradi. Bundan tashqari Unumdorlik, ayrim hollarda esa karyerlardagi transport mashinalarining ishlash imkoniyati tashilayotgan yukning tarkibiga va yo`lning ko`rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Rudali transport mashinalari haqida ma’lumotlar
Yer osti transportlarining alohida ishlash joylari bor:
• tog‘ qazilmalarining chegaralangan ish joyining bo‘lishi;
• yuklash punktlarining kon ishlari fronti izidan joylashtirilishi, siljitish, qayta mantajlashni, qurilmalarning transport kommunikatsiyasining qisqartirilishi yoki uzaytirilishi talab qilinishi;
• shaxta atmosferasining namligi va changlanishining oshishi;
• shaxta suvlarining kimyoviy faolligining oshishi;
• rudali atmosfera portlashi xavfining oshishi;
Mustahkamligi va chidamliligi yuqori bo‘lgan, oson qayta montaj qilinadigan, o’lchami oson o‘zgartiriladigan transport mashinalarining, kichik o’lchamli jihozlar shaxtada qo‘llanishi va shunday alohida belgilarni talab etadi.
Rudali transportlarning turlarga ajratilishi va qo‘llanishi.
Yer osti transportlarining asosiy vazifasi foydali qazilmani kondan shaxta tepaligida yuklash punktigacha ko’chirish. Bundan tashqari transport mashinalari tizmani yig‘ish joyiga ko’chirish, zahira materiallarini uzatish, mashina jihozlarni konga, ehtiyot qismlarni, mustahkam zichlash va boshqa materiallarni yetkazib berishda, shuningdek, odamlarni ish o‘rniga yyetkazish va teskari holatlarga xizmat qiladi. Ishga tushirish va maxsus sharotlarining ko‘p jihatliligi tufayli transport mashinalariga bo‘lgan talablar shaxtada har xil turdagi ko‘p sonli, bir-biridan harakatlanish pritsipi bo‘yicha, tashish turi, yuk olib borishi, tortish qismi turi bilan quvvat sarflash turi, tuzilishdagi alohida belgilari va boshqa xususiyatlari jihatidan farqlanuvchi transport vositalari qo‘llaniladi. Harakatlanish jihatidan transport vositasini uzluksiz va ketma-ket harakatlanuvchi qurilmalarga ajratiladi. uzluksiz harakatlanuvchi qurilmalar yukni uzluksiz oqim bilan ko’chirib beradi (konveyerlar, suv va havo transportlar qurilmasi, ulangan tortuvchi arqonli qurilma, tebranuvchi qurilma va boshqa). Ketma-ket harakatlanuvchi transport mashinalar aniq ifodalangan ish ketma-ketligiga ega: yuklash, yuk bilan harakatlanish, yukni to’kish, bo‘sh holda harakatlanish, bajariladigan operatsiyalar qo‘llanishi har xilligi (lokomativlar, skreperlar, o`zi yurar vagonlar, yuklovchi transport mashinalari, va boshqalar).
• sudraluvchi (sidirg`ichli konveyerlar, skreperlar.);
• sirpanuvchi (tebranuvchi qurilmalar va x.k.);
• mayda uloqtiruvchi (tebranma konveyerlar);
• tashuvchi (Tasmali konveyerlar, vagonchali x.k .);
• havoli (siqilgan havoli transport) yoki suyuqlikli (suyuqlikli transport) muhit. Tortuvchi qismli transport vositasi qurilmalarga ajratiladi:
• tortuvchi zanjirli (sidirg`ichli konveyerlar, elevatorlar, siltovchi va h.k);
• tasmali (tasmali konveyerlar, elevatorlar va x.k)
• arqonli (skreperlar, arqonli va to’xtovsiz chiqaruvchi, arqon tortgichli bir relsli yo’l, arqonli osma yo’l va h.k.);
• g‘ildirakli (lokomotivlar, o`ziyurar vagonlar, yuklovchi va yuklovchi-tashuvchi transport mashinalari)
• yurg‘alovchi tortgich elementli (traktorlar, buldozerlar, yuklovchi mashinalar va h.k.), shuningdek, tortgich elementsiz (tebranuvchi va arg‘imchoqli konveyerlar va oziqlantiruvchilar, suvli-havoli transportli qurilmalar va boyituvchi (gravitatsion) transportli qurilmalar).
Transport vositalarini yangi joyga ko’chirmasdan olib borilgan ish davomiyligi bo‘yicha transportlarni statsionar – 1,5 yildan ziyod (kapital qazib olishda ishlaydigan Tasmali konveyerlar, suvli transportli va arqonli qurilmalar, yuklash punkti jihozlari va transport jihozlari, yarimstatsionar - 1,5 yilgacha (teleskopik va boshqa konveyerlar, monorelsli yo’llar va boshqalar); ko’chiriladigan - 15 sut. (ko’chirib yuklovchilar, kon konveyerlar) va boshqalar.
Ko‘mir shaxtalarida yer osti transportining asosiy turiga lokomotivli va konveyerli, ba’zan – gidravlik va boyituvchi (gravitatsion) transportlari kiradi; qora va rangli metallar shaxtalarida, kon-kimyoviy xom ashyo va qurilish materiallarni - lokomotivli, o`ziyurar, skreperli va gravitatsion turlari kiradi. Kon korxonasi yer osti chegaralarida ishlovchi transportlarni ichki deyiladi. Foydali qazilmani shaxtadan chiqarib berishni va jihozlarni, har xil materiallarni shaxtaga yetkazib berishni ta’minlovchilar - tashqi transportdir.
Ichki transportlarni ish joyiga qarab qazuvchi, uchastkada ishlovchi, magistral, shaxta atrofi va shaxta qiyaligidagi transport turlariga bo‘linadi. Tashqi transport shaxtadan yuklash punktigacha tashqi transport turidan (mahsulotni ta`minlovchiga to’kib berish); omborgacha , tizma yig‘ish joyigacha va boshqalar kiradi. Shaxtaning tashqarisida transportning hamma turi ishlatiladi, boshqalariga qaraganda ko‘proq konveyerli, avtomobil va gravtatsion. Tashqi transport sifatida asosan temir yo’l transportlari qo’llaniladi. Tog‘ massasini konda, kondan konveyerlar orqali ko’chirib o’tilishi yetkazib berish deyiladi, rels yo’li bo‘ylab vagonchalarda (vagonetka) qiyalik burchagi 0 dan 30 gacha - chiqarish, vagonetkalarda va skiplarda rels yo’llari bo‘ylab qiyalik burchagi 30° va konveyerlarda qiyali (qiyalik burchagiga qaramay) Shaxta orqali - ko’tarish bilan yetkazib beriladi. Asosiy transportlarning ilg‘or turi deb konveyerli, yukni uzluksiz, oqim bilan qo’l mehnatining minimal sarflanishini va oson avtomatlashtirilishini ta’minlovchi gidravlik turlarini hisoblash mumkin. Bu uzluksiz transport turlarning samaradorligi chegaralanmagan. yuqorida nomlangan barcha transport vositasi turlari va yordamchi jihozlar tuzilishi jihatidan juda ko‘p sonli turlarga, ishlatilishi sharoitlari jihatidan ham turlicha bo‘ladi.
Transort sxemalari va majmualari.
Shaxta transport majmuasi sifatida transport mashinalarini birlashtiruvchi, qurilma va yordamchi jihozlar (yuklash-to’kish, qayta yuklash, dispecherlashtirish va avtomatlashtirish sistema) va foydali qazilmani, zahira materiallarni, tizmalarni, berilgan yo’nalish bo‘ylab aniq transport tarmog‘ida yordamchi yuklarni ko’chirishga mo’ljallangan boshqariladigan sistemani tushunish mumkin. Transport vositalarining joylashishiga qarab ajratish mumkin:
• Qazilgan uyum panelida va uchastkasi tashqarisida joylashgan gorizontal, qiyalik va vertikal qazib olishda ishlaydigan uchastka transport majmuasi, foydali qazilmalarni tozalash konlaridan shaxtaning asosiy ko’rinishigacha, foydali qazilma va tizmalarni yoki faqat tizmani tayyorgarlik konlaridan asosiy joygacha (gorizontgacha), jihozlarni va yordamchi yuklarni tozalash konlariga, konlarni tayyorloviga va odamlarni tashishga mo’ljallangan;
• Asosiy yo’nalishli (magistral) - asosiy gorizontal va kapital qiyaliklar qazilmalarida joylashgan, foydali qazilmalarni va tizmalarni uchastka transport majmuasidan shaxta yaqini hovlisigacha tashishga, yordamchi yuklarni va odamlarni shaxta yaqini hovlisidan qazish uchastkalarigacha tashishga mo’ljallangan;
• Shaxta yaqini hovlisi transport majmualari - foydali qazilmani va tizmani qabul qilish va ularni ko’tarish vositalariga qayta yuklash, shuningdek, yordamchi yuklarni yuqori qatlamdan va kon yo’nalishidan qabul qilib olish;
• Shaxta sathidagi transport majmualar - foydali qazilmalarni transportda tashish uchun va qazilmalarni shaxta yo’lidan tashqi transport vositalarigacha yoki saqlash joyigacha (foydali qazilmalar omborxonasi, qazilmalar yig‘ilish joyi);
• Shaxta sathidagi zaxira materialarini shaxtadagi maxsus zaxira saqlash joyigacha transportda tashishga mo’ljallangan majmualar.
Transport sxemalari deganda, ishlab chiqarilgan barcha transport sxemalari va boshqa transport kommunikatsiyalarini tushunamiz, ularda qo’llanadigan transport jihozlarining turi va nimaga mo’ljallanganligi ko`rsatiladi. Shaxtalarda kon-texnik sharoitlar har -xil bo‘lganligi tufayli, yer osti transportlar sxemalarini xilma–xil ko’rinishda qo‘llanish tavsiya etiladi. Ishlatiladigan asosiy transport turi va soniga qarab oddiy va aralash sxema transportlariga ajratiladi. Oddiy sxemalarga suvli transport, konveyerli, lokomotiv transporti sxemalari kiradi. Aralash sxemalarga shaxta transportlaridan bir necha asosiy transport turlarining qo‘llanishi kiradi. Masalan, o‘ziyurar yoki konveyerli, lokomativli - magistralda, gravitatsiyali – qiyali va vertikal holatlarda ishlaganda, konveyerli – magistrallarda va h. k.

















Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə