1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


-mavzu : Temir yo`l izining tavsifi



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə82/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

41-mavzu : Temir yo`l izining tavsifi


Temir yo’l transporti mamlakat karyerlarida keng qo‘llaniladi. U kuchli yuk oqimida (yiliga 100—150 mln tn. tog‘ massasini, ayrim paytda undanda ko‘proq) ishlatilibgina qolmay, balki uncha katta bo‘lmaganlarida (yiliga 20 mln.tn) ham qo‘llaniladi. Temir yo’l transportini qo‘llash bilan qazish ishlarining chuqurligi ba’zan 250 m.ni tashkil etadi. Karyer ichki tashish masofasi 2—5 km, yuzasini hisobga olgan xolda esa, 12—15 km bo‘ladi. Temir yo’l transportining afzalliklari yuqori ishonchliligi, deyarli har qanday yukni tashish imkoniyati, Unumdorlikga ob-havo sharoiti ta’sirining ahamiyatsizligi, ko‘p sonli poyezdlarni harakatga keltirish bilan yuqori unumdorlikka erishish va ko’chirish uchun harajatning past belgilangan o’lchamiga nisbatan poyezd massasi va 1500—2000 t ga oshirilishi, jihozlarning ko‘p muddatda xizmat qilishi, har turdagi energiyadan va lokomotivdan foydalana olishi. Temir yo’l transporti atrof muhitga ahamiyatsiz negativ ta’sir ko‘rsatadi. Temir yo’l transportining kamchiligi bu ish frontining kattaligi (300—500 metrdan kam bo`lmagan), burilishlar radiusining kattaligi (80 — 100 m), yo`lning ko’tarilishining chegaralanganligi (40-60‰), rels, shpal va ulanish tarmoqlarining ko’chirish ishlari harajatlari, yordam ishlarining kam mexanizatsiyalashganligi, katta kapital harajatlar va boshqalar. Karyer temir yo’l tizimi ko‘p jihatdan karyer ochilish tizimiga bilan aniqlanadi. To‘g‘ri kirish pasayishdagi yo`l rejasi eng sodda hisoblanadi, u qoidaga ko’ra, rejada katta bo‘lmagan o’lchamdagi chuqur bo‘lmagan karyerlarda qo‘llaniladi. Katta bo‘lmagan o’lchamdagi karyerlar rejada ko’chirish bir yakunli yo’l va aylanali yo’l o`z o‘rnida, turli harakatli katta operatsiyalarni va yuk ko’chirish uzunligini ko‘paytiradi. Chuqur karyerlarda spiralsimon kirish qo‘llaniladi va u yo’llar kesishishishini kamaytirishga olib keladi. Temir yo’l transporti tizimlari karyerlarda yuk oqimining yo’nalishi va soni bilan aniqlanadi. Agar foydali qazilmalarva olib tashlanadigan tizmalar bir chiqish yo’li orqali tashilsa, Bunday yuk oqimi jamlangan deb ataladi. Oqimlarning bo‘linishi karyer ustida boshlanadi : bir oqim yig‘ilish joyiga yo`nalgan.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə