1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja


-rasm. Karyerdagi yuk oqim tizimi. a — to‘g‘ri kirishli; b - bir yakunli kirishli; v —aylanali kirishli; g — spiralli kirishli



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə83/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

8.1-rasm. Karyerdagi yuk oqim tizimi. a — to‘g‘ri kirishli; b - bir yakunli kirishli; v —aylanali kirishli; g — spiralli kirishli.



Karyer ochishning turlicha sxemalarida temir yo’l yo’llari:
a —har xil chiqish tarmoqlaridan foydali qazilmalarni va ochish tizmalarini ko’chirish; b — karyer ichida fodali qazilmaga va ochish tizmasiga ajratish; v —ochish oqimining ikki katta quvvatli karyerga ajratish; g —foydali qazilma oqimining ikki katta quvvatli karyerga ajratish
Foydali qazilmalarni va ustki qatlamni ko’chirishda kirishning turli xil tarmoqlaridan yuk oqim (jamlangan yuk oqimi) ishi mustaqil ochish va olish uchastkalariga erishiladi. 8.2,b- rasmda ochish tizmalari qazilmali stansiyasi orqali yig‘ish joyiga yo`naltiriladi, foydali qazilma esa, rudali stansiyasi orqali — qayta ishlash korxonasiga (boyituvchi fabrika va boshqalar) yoki MPS yo’llariga yuboriladi. Katta quvvatli karyerlarda jamlangan asosiy yuk oqimlari qatorida ba’zan shunday bo’linadiki, ulardan kattalari bir nechtaga ajratiladi.
Temir yo’l zarur tezlikdagi poyezdlarni o‘tqazish uchun mo’ljallangan muhandislik inshootini ko`zda tutadi. Poyezdlarning uzluksiz va xavfsiz harakati uning holatiga bog‘liq. Tayinlanishiga, xizmat muddatiga, joylashgan o‘rniga qarab karyer temir yo’li front ishining oldinlash darjasiga qarab o‘rnining o‘zgarishi bo‘yicha vaqtinchalik va uzoq muddat ishlatilishiga qarab doimiy turlariga bo’linadi (masalan, karyer mavjud bo‘lgandan buyon).
Vaqtinchalik yo‘l turiga quyidagilar kiradi:
• qazish joyidagi yuklash-to’kish yo’llari (zaboy yo’llari) yig‘ish joylari (yig‘ish joylari puti), karyerlarda, zvenolaridan biri temiryo’l trasporti hisoblangan aralash turdagi transporlarni ishlatishdagi qayta yuklash punktlarini;
• ichki karyer yo’l uchastkalari va ajralish yo’llari;
• qazish joylarini chuqurlik yo’llarini birlashtiruvchi karyer yoqasi yo’llari.
Doimiy yo’llarga kiradi:
• asosiy tansheyali yo’llar;
• poyezdlarning yuk bo‘shatish punktlariga yo`naltirilgan karyerdan yuzada yotqizilgan birlashtiruvchili yo’llar;
• stansiyali (asosiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri jo`natuvchi, uzaytirilgan, to`plovchi, ko’rik va harakatlanadigan ta’mirlash bo`linmalari yo’llari);
• turli yo’llar (harakatlanuvchi qismning turi omborxona inshootlari, guruh to`plovchi bazalar ta’mirlash maydonlari va boshqa yo’llar).
Yer osti yo’llari ham doimiy va vaqtinchalik bo‘ladi.
Vaqtinchalik yo’llarni o’tish ishlarini olib borishda yo’l tashlashda, yer osti lavaga taqaluvchi qiyali yo’llarda—asosiy qazilma chiqarish konlarida va yuk chiqarish yaqini hovlisi belgilanadi. Vaqtinchalik karyer yo’li maydonlarida poyezdlarning belgilangan harakat tezligi 10—25 km/soatdan oshmasligi kerak. Doimiy yo’l yillik yuk aylanishiga Wyil (mln.tn.brutto) qarab uch kategoriyaga bo’linadi. Poyezdlarning belgilangan harakat tezligi ifodasi doimiy yo’llarning birinchi, ikkinchi va uchinchi kategoriyalarda berilgan
Temiryo’l yo’lini odatda pastki va balandlik qurilmalarga bo’linadi. Pastki qurilmalarga yer jismlari va sun’iy inshoatlari kiradi (ko‘priklar, suv o’tish quvurlar, tirkov devorlar va boshqa).
jadval

Mo’ljallangan yo’llar

Poyezd harakati tezligi km/soat

Yuk aylanishi, mln.tn/yil

Yo’llar kategoriyasi

Vaqtinchalik yo’llar birlashtiruvchi doimiy yo’llar

15—25




I

Uzunligi 3 km va undan ortiq bo‘lgan, ko’rilgan hududan uzoqda joylashgan stansiya oraliq masofasi

40—65

10 – 22

II

3 kmgachabo‘lganperegonlardako’rilganhududanuzoqdajoylashganvaharqandayuzunlikmaydondako’rilganhududdajoylashganvagonlardaoldingavaholato‘zgartirishmaydonlaridaharakatlanish

24—40

22 va undan ko’p

III

Yer jismlar gruntdan tayyorlangan tuzilma hisoblanib, unda ustki yo’l qurilmasi joylashshdi. Undan yo’lning ustki tuzilishi va poyezdlarning harakat xavfsizligi bog‘liq. Ustki yo’l quriladigan yer jismlari qismi asosiy maydon deyiladi. Asosiy maydon kengligi yo’llar soniga, rels oralig‘i kengligiga va yer yuqori qatlamining xususiyatlariga bog‘liq.


Poyezdlarning belgilangan harakat tezligi yo’llarning mo’ljallanishiga bog‘liqligiquyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Asosiy maydonning yer yuzasiga nisbatan joylashgan o‘rniga qarab yer jismi bo‘lishi mumkin: sochma (8.3.a - rasm.), uyurmali (8.3.b - rasm), 0 o‘rinli (8.3.v - rasm), yarim sochma (8.3.g - rasm), yarimuyuq (8.3.d - rasm), yarimsochma-yarimuyuq (8.3.e - rasm). Yer jismining yaxshi ishlashi uchun suv haydovchi inshootlar o‘rnatiladi: uyulganda — chuqurligi 2 m. ga yetadigan kyuvetlar, o‘rta chuqurlikdagi lotoklar, chuqurligi va kengligi tubida 0,6 m dan kam bo‘lmagan 20 % dan kam bo‘lmagan me’yoriy qiyalikda kon chuqurliklari, sochmalarda —zahira yoki sayoz va tor ariqlar joylashgan bo`ladi.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə